Germaniyaning 6 karra chempioni 7 yillik tanaffusdan so'ng Bundesligaga qaytdi
11 may 2025 09:53
Yangiliklar
Germaniyaning 6 karra chempioni 7 yillik tanaffusdan so'ng Bundesligaga qaytdi
“Gamburg” Bundesliga yo'llanmasini bir tur qolganida qo'lga kiritdi.
Jamoa 33-turda “Ulm“ jamoasini yirik 6:1 hisobida mag'lub etdi. Jamoa ikkinchi Bundesligada 59 ochkoga ega bo'ldi. Uchinchi o'rindagi “Elfersberg“ jamoasida esa 55 ta ochko bor.
“Gamburg“ so'nggi bor Bundesligada 2017-18 yilgi mavsumda harakat qilgan.
Malumot uchun, “Gamburg“ jamoasi Bundesligada 6 marta chempionlikni qo'lga kiritgan. Shuningdek, jamoa Germaniya chempionatida 8 marta ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar