Superliga. OKMK navbatdagi kambekni Qo'qonda amalga oshirdi
10 may 20:03
Yangiliklar


Superliga. OKMK navbatdagi kambekni Qo'qonda amalga oshirdi
“Qo'qon-1912” — OKMK - 1:3
10 may 2025 yil. Qo'qon, "Markaziy" stadion. 18:00
Hakamlar: Asker Najafaliev, Ruslan Serazitdinov, Islom Azimov, Asadbek Qosimjonov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Anvar Marajabov
Komissar: Shohruh Said
Gollar: Avazbek O'lmasaliev 38 avtogol, - 1:0. Avazbek O'lmasaliev 73, - 1:1. Asadbek Sobirjonov 81, - 1:2. Asadbek Sobirjonov 88, - 1:3 (Aziz Xolmurodov).
"Qo'qon-1912": 13.Azizxon Isaqov, 4.Asliddin Toshtemirov (20.Iqboljon Malikjonov, 19), 5.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Shota Gvazava (9.Javohir Husanov, 88), 8.Baxtiyorjon Qosimov, 11.Shahzod Beshimov (18.Bahrom Abdurahimov, 88), 14.Jasur Xolto'raev (69.Egor Kondratyuk, 65), 19.Shahzod Akramov, 22.Muhammadanas Hasanov, 44.Andro Giorgadze.
Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 10.Husniddin G'ofurov, 15.Zafar Hakimov, 23.Bekjon Jo'raboev, 30.Ibrohimjon Muxtorov.
OKMK: 1.Humoyunshoh Sayyotov, 4.Mirjamol Qosimov (99.Asadbek Sobirjonov, 64), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 9.Kleydi Daci (8.Aziz Xolmurodov, 46), 10.Xurshid G'iyosov, 15.Oybek Rustamov, 19.Ahmadullo Muqumjonov (16.Naoaki Senaga, 64), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 28.Arixiro Sentoku (11.Ruben Sanches, 46), 77.Nodirbek Abdurazzoqov.
Zaxira: 31.Muhammad Ubaydullaev, 5.Giorgi Papava, 13.Eldorbek Begimov, 23.Ajak Riak, 90.Abubakr Rizo Turdialiev.
Ogohlantirishlar: Kleydi Daci 34.
90+7. Uchrashuv yakunlandi, "Qo'qon-1912" - OKMK 1:3
90+6. ZARBA! Bahrom Abdurahimovning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi!
90. O'yinga 7 daqiqa qo'shildi
88. O'zgarishlar. "Qo'qon-1912". Gvazava va Beshimov o'rniga Husanov va Abdurahimov tushdi
88. GOL! O'ng qanotdan Xolmurodov uzatgan to'pni Sobirjonov yaqin masofadan darvozaga yo'lladi - 1:3.
81. GOL! Asadbek Sobirjonov Salimovning xatosidan keyin to'pni egallab olib jarima maydoni tashqarisidan supergol urdi - 1:2!
80. Xavfli vaziyat! Azizxon Isaqovning to'p uzatishidan keyin Beshimov birga bir chiqib ketayotgandi, Sayyotov boshi bilan to'pni qaytardi. Kondratyukning uzoqdan tepgan to'pi noaniq ketdi
73. GOL! Xurshid G'iyosov uzatgan to'pni Avazbek O'lmasaliev darvozaga yo'lladi - 1:1.
72. UXXX! "Qo'qon-1912"ning hujumi, Beshimovning to'p uzatishini O'lmasaliev "o'qidi" va hujumni qaytarib o'z jamoasi hujumini boshlab berdi
67. Xavfli vaziyat. Chap qanotdan Abdurazzoqov uzatgan to'pni Xolmurodov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!
65. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Xolto'raev o'rniga Kondratyuk tushdi
64. O'zgarishlar. OKMK. Qosimov va Muqumjonov o'rniga Sobirjonov va Senaga tushdi
64. Yo'q, penalti yo'q deb topildi
62. Bosh hakam VAR monitori yoniga bordi, OKMK penalti tepishi mumkin
54. Qarshi hujum, Baxtiyor Qosimovning uzun to'p uzatishidan keyin Muhammadanas Hasanov birga bir vaziyatga chiqib ketayotgandi, Sayyotov darvozasini tark etib to'pni qaytarib yubordi
50. ZARBA! OKMKning hujumi Xurshid G'iyosovning jarima maydoni ichidan yo'llagan kuchsiz zarbasidan keyin Isaqov to'pni ushlab oldi
46. Ikkinchi taym boshlandi
46.O'zgarishlar. OKMK. Daci va Sentoku o'rniga Xolmurodov va Sanches tushdi
45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 1:0
45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi
38. GOL! O'ng qanotdan Muhammadanas Hasanovning oshirgan to'pini Shahzod Beshimov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0. Gol urilgan vaziyatda to'p Avazbek O'lmasalievga tegib darvozadan joy olgani uchun avtogol yozildi.
34. Ogohlantirish. OKMK. Kleydi Daci
33. OKMKning hujumi, Ahmadalievning uzatgan to'pi G'iyosovga bordi, Xurshid to'pni orqaga qaytardi, Rustamovning zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi
30. Havo issiqligi uchun futbolchilarga suv ichib olish uchun imkoniyat yaratib berildi.
27. Xavfli vaziyat! OKMKning qarshi hujumi vaqtida Daci deyarli birga bir vaziyatga chiqib borayotgandi, ammo fint qilishda xato qildi va vaziyat chippakka chiqdi
25. ZARBAAAA! OKMKning hujumi bu safar chap tomondan amalga tashkil etildi, Muqumjonov uzatgan to'pni Daci to'xtatib orqaroqdagi sherigiga uzatdi, Abdurazzoqov zarba bera olmadi, uning ortidagi Mirjamol Qosimovning zarbasi esa darvoza ustidan o'tib ketdi!
23. ZARBAAAAA! Bu safar burchak to'pidan keyin yana Giorgadze boshi bilan zarba yo'lladi, yana Sayyotov o'z o'rnida!
22. ZARBAAAA! Jarima to'pidan keyin Andro Giorgadze boshi bilan darvozaga aniq zarba berdi, Sayyotovdan yaxshi seyv!
19. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Toshtemirov o'rniga Malikjonov tushdi
17. O'yinda to'xtalish, "Qo'qon-1912" himoyachisi Asliddin Toshtemirov jarohat oldi va unga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda
16. Xavfli vaziyat! OKMKning hujumi o'ng tomondan tashkil etildi, Ahmadaliev raqib jarima maydoniga kirib to'pni sheriklari tomon uzatdi, Asliddin Toshtemirov to'pni qaytarib yubordi
10. Dastlabki daqiqalarda kutilganidek tashabbus va to'p nazorati OKMK tomonida. Ammo bu futbolda ko'p narsani anglatmaydi
8. ZARBA! Nodir Abdurazzoqov jarima maydoni ichiga kirib yaqin masofadan noaniq zarba berdi! Qanot hakami bu vaziyatda ofsayd borligini ko'rsatdi
1. O'YIN BOSHLANDI!
- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar