So’nggi yangiliklar

10:50Ислом Исмоилов: "Шогирдларим рақиб ким эканлигига қарамай ҳужумкор ўйин кўрсатишга интилишди"  3 10:30"Муҳсин, биз сен билан!"– Самарқандда ўзбек футболи юлдузлари иштирокида хайрия учрашуви ўтказилади  2 10:05"Аталанта" Лукманни жамоада олиб қолмоқчи   0 09:30Қирғизистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси Одил Абдураҳмонов: "Янада кучли бўлишимиз керак"   0 09:05Курт Зума эркин агент сифатида Руминия клубига ўтди  1 08:50 Рахим Стерлинг “Челси”дан кетишдан бош тортди ва асосий жамоадан ажратилди  2 08:20Самюэль Умтити 10 сентябргача янги жамоа топмаса, фаолиятини якунлаши мумкин  6 07:50Акмал Мозговой: "Рақибимизнинг кучли ва кучсиз тарафларини ўрганиб чиқдик"   1 07:24Митрович Осиёнинг бошқа жамоасига ўтмоқда  3 00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  4 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  34 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  3 23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1 23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  1 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  14

Superliga. Bir necha etakchisiz maydonga tushgan "Paxtakor" "Buxoro"ni tor-mor etdi Yangiliklar

Superliga. Bir necha etakchisiz maydonga tushgan "Paxtakor" "Buxoro"ni tor-mor etdi

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Buxoro" uchrashuvi yakunlandi.

"Paxtakor" – "Buxoro" 6:0

10.05.2025, 20:15

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Yordamchi hakamlar: Islom Nosirov, Maksim Nexochin

Zaxira hakami: Muzaffar Yakubov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR: Ravshan Abduvohidov

AVAR: Rishat Nugmanov

Komissar: Adelya Kurmaeva

Gollar: 1:0 – 22, Igor Sergeev (Umar Adhamzoda), 2:0 – 37, Muhammadali O'rinboev, 3:0 – 49, Muhammadali O'rinboev (Vladimir Nazarov), 4:0 – 60, Bashar Resan (Umar Adhamzoda), 5:0 – Ibrohim Ibragimov (Hojiakbar Alijonov), 6:0 – 90+6, Muhammadali Usmonov (Diyor Ortiqboev)

 "Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 6.Muhammadali O'rinboev (94.Brayan Riaskos, 67), 7.Hojiakbar Alijonov (99.Ulug'bek Hoshimov, 81), 9.Ibrohim Ibragimov, 11.Igor Sergeev, 20.Dilshod Abdullaev, 21.Bashar Resan (31.Muhammadali Usmonov, 67), 22.Umar Adhamzoda (44.Mahmud Mahammadjonov, 67), 27.Sardor Sobirxo'jaev (15.Diyor Ortiqboev, 73), 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov

Zaxira: 19.Jonatan Luis, 18.Saidumar Saidnurullaev, 23.Abdurauf Bo'riev, 32.Muhammadali Dilshodbekov

"Buxoro": 1.Shirinboy Abdullaev (21.Otabek Boymurodov, 65), 2.Izzatillo Po'latov (19.Bilol To'pliev, 46), 6.Ravshan Xayrullaev (8.Anvar Jo'raev, 46), 10.Shohro'z Norxonov (77.Asilbek Qayumov, 65), 17.Javohir Ro'ziev, 25.Frane Chiryak, 27.Muhammad Yo'ldoshev, 33.Yosip Tomashevich (14.Mahmud Jo'raboev, 65), 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich, 97.Shahboz Jo'rabekov

Zaxira: 4.Javohir O'tamurodov, 5.Sardor Qulmatov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 9.Husayn Ergashboev

Ogohlantirishlar: Izzatillo Po'latov (34), Javohir Ro'ziev (70)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+6. GOL! Zaxiradan maydonga tushgan Usmonov oltinchi golga mualliflik qildi!

90+4. Buxoroliklarning yana bir zarbasi Nazarovdan o'tmadi.

90+1. Zaxiraan maydonga tushgan Boymurodov Riaskos bilan birga-bir vaziyatda zarbani qaytardi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

86. Zarba! To'pliev tomonidan yo'llangan zarbani Nazarov qaytardi.

84. Mehmonlar hujumi zarba bilan yakunlandi, ammo hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi.

81. "Paxtakor"da o'zgarish sodir bo'ldi.

79. "Buxoro"ning hujumi xavfli tus oldi va zarba bilan yakunlandi, ammo Nazarov joy tanlashda aashmadi.

73. "Paxtakor" tarkibida yana bir futbolchi almashtirildi.

70. Javohir Ro'ziev qo'pol o'yin uchun ogohlantirildi.

67. "Paxtakor" tarkibida ham uchta o'zgarish bo'ldi.

65. "Buxoro" tarkibida uchta o'zgarish bo'ldi. 

62. GOL! Ibragimov o'ng qanotdan uzatmani epchillik bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

60. GOL! Resan "Paxtakor"ning to'rtinchi goliga mualliflik qildi!

58. "Paxtakor" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Resanning uzatmasi Abdumajidovning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

49. GOL! O'rinboev darvozabon boshlab bergan qarshi hujum natijasida to'pni raqib posboni ustidan oshirib qo'yib, hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.

49. "Buxoro" standart vaziyatga ega bo'ldi. Yo'ldoshev uzatgan to'pni Nazarov egallab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Taym avvalida "Buxoro" ikki o'zgarish amalga oshirdi. 

Taym yakunlandi.

45+1. O'rinboevning zarbasi raqib himoyachisiga tegib, maydonni tark etdi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

39. "Buxoro"ning jarima uzatmasi zarba bilan yakunlandi. Nazarov to'pni egallab oldi.

37. GOL! Chap qanotdan uzatmani qarama-qarshi tomonda qabul qilib olgan O'rinboev chap oyoqda aylanma zarbasi bilan hisobdagi farqni oshirdi!

34. To'p uchun kurashda yutqazib, Adhamzodaning libosidan tortib qolgan Po'latov ogohlantirildi.

31. "Paxtakor"ning chap qanotdan tashkil etgan hujumi samarasiz yakunlandi.

26. Mehmonlarning jarimadan uzatmasidan so'ng to'pni Nazarov egallab oldi.

22. GOL! Sergeev qanotdan uzatilgan to'pni "Buxoro" darvozasiga joylab qo'ydi!

20. "Paxtakor" hujumi to'pning "Buxoro" darvozaboniga kelishi bilan yakunlandi.

VAR bilan maslahatlashgan hakamlar qarori o'zgarmadi: ofsayd.

17. Norxonov chap qanotdan Yo'ldoshev uzatgan to'pni bosh bilan "Paxtakor" darvozasiga joylab qo'ydi, ammo hakamlar o'yindan tashqari holatni qayd etdi.

16. Zarba! Resanning zarbasiga aniqlik etishmadi.

12. Xavfli vaziyat! "Buxoro" raqib xatosidan so'ng chaqqonlik namoyish qildi. Jo'rabekovning uzatmasidan so'ng Norxonov to'pga eta olmadi.

8. "Buxoro"da standart vaziyat yuzaga keldi. Norxonovga nisbatan fol ishlatildi. Biroq jarima zarbasi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

2. Burchak uzatmasi Kolakovichning zarbasi bilan yakunlandi. To'p darvoza to'siniga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

1. Ilk hujum Jo'rabekovning zarbasi bilan yakunlandi. Burchak uzatmasi amalga oshiriladi. 

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Paxtakor" to'q binafsharang, "Buxoro" oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика