So’nggi yangiliklar

10:43МЮ 21 миллионга сотган футболчисини "Барселона" 90 миллионга сотиб олиши мумкин  1 10:20Шаҳбоз Жўрабеков: "Поезд кетиб бўлди, вақт ортга қайтмайди"  0 09:52​Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким ютқазиш учун ўйнамайди. Элит ОЧЛда яхши ўйнаш керак, аммо..."  0 09:37"Барселона" юлдузи узоқ муддатга сафдан чиқди  2 09:11Андижон ҳокими, Ортиқхўжаев ва Аҳмедов. "Пахтакор"га кубок топширилган тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  13 09:00Мадриднинг "Реал" клуби Винисиуснинг келажаги борасидаги позицияси маълум   9 08:32ОЧЛ 2. "Андижон" гуруҳида пешқадам ўзгарди  1 08:06Англия лига кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" – "Бухоро" 1:0  9 07:37Суперлига. Бугун навбатдаги турга старт берилади  8 03:07Германия кубоги. "Бавария" ва "Байер"да ғалаба  0 03:02Сенсация қайд этилмади, "Рома", "Ювентус" ва "Интер"да ғалаба  0 02:54Англия лига кубоги. "Ман Сити", "Арсенал", "Ньюкасл" ва "Челси" кейинги босқичда, "Ливерпуль" эса ўз уйида йирик мағлубият қабул қилиб олди  11 02:40Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лорьян"ни мағлуб этолмади  2 23:58Отабек Боймуродов: "Гол ҳақида гапирсам муаммоларга дуч келаман. Улар провокация қилди"  17

Futzal. Ertaga O'zbekiston Toshkentda to'rt karra Osiyo chempioniga qarshi o'ynaydi Yangiliklar

Futzal. Ertaga O'zbekiston Toshkentda to'rt karra Osiyo chempioniga qarshi o'ynaydi

Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi - 2026 saralash bahslariga puxta hozirlik ko'rish maqsadida O'zbekiston bilan xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushish uchun Yaponiya milliy terma jamoasi poytaxtimizga etib keldi.

O'zbekiston — Yaponiya bahsi avval xabar berganimizdek, joriy yilning 16 sentyabr kuni soat 17:00 da poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida bo'lib o'tadi. Kunchiqar yurt vakillari mamlakatimizga 15 nafar futzalchi va 11 nafar delegaciya azolari bilan uchib keldi.

YAPONIYA TERMA JAMOASI:

Texnik direktor – Teppei KONISHI
Bosh murabbiy – Kensuke TAKAHASHI
Yordamchi murabbiy – Shunsuketanimoto
Darvozabonlar bo'yicha murabbiy – Keitaro UCHIYAMA
Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy – Toru SATO
Mashg'ulot o'tkazuvchi murabbiy – Ryoyu UCHIBE
Tahlilchi – Masaaki HAYASHI
Shifokor – Masaki YUGAMI
Sport murabbiylari – Naruto YOSHIDA, Daisuke SAVAI
Jamoa boshlig'i – Shoma TESHIMA

Darvozabonlar: Fabio FIUZA, Takuya UEHARA
Maydon o'yinchilari: Arthur OLIVEIRA, Hiroshi TABUCHI, Sora KANAZAVA,  Yusei ARAI, Takehiro MOTOISHI, Kazuya SHIMIZU, Shunta UCHIDA, Shunta UCHIMURA, Kokoro HARADA, Mitsuru NAKAMURA, Daisuke AO, Kentaro ISHIDA, Shoto YAMANAKA.


Osiyo qitasi chempionligiga faqat ikki terma jamoa sazovor bo'lgan: Eron va Yaponiya.  Bo'lg'usi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvidagi raqiblarimiz bu ishning uddasidan to'rt marta chiqishgan bo'lishsa, qolgan barcha Osiyo Kuboklarida bosh sovrin Eron terma jamoasiga nasib etgan.

Kunchiqar yurt vakillari, shuningdek, Osiyo kuboklarida 6 marta kumush, 2 marta bronza medallariga sazovor bo'lishgan. Faqat to'rtta terma jamoa – Eron, Yaponiya, O'zbekiston hamda Tailand Osiyo kuboklarining doimiy ishtirokchilari sanalishadi. Sovrindorlar safidan joy egallashda Eron va Yaponiyadan keyingi uchinchi o'rinda O'zbekiston milliy terma jamoasi turadi. Hamyurtlarimiz to'rt marta Osiyo vice-chempioni, 6 marta bronza medali sovrindori bo'lgan.

O'rtoqlik uchrashuvidan keyin kunchiqar yurt vakillari Tojikiston Respublikasiga uchib ketishadi. Ular Dushanbe shahrida Osiyo kubogi-2026 musobaqasining C saralash guruhida mezbonlar – Tojikiston terma jamoasidan tashqari Makao hamda Kambodja terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Nodir Eliboev shogirdlari esa aynan mana shu muddatda Bishkekda Qirg'iziston, Sharqiy Timor hamda Falastin terma jamoalariga qarshi F saralash guruhi bahslarida o'z omadlarini sinovdan o'tkazishadi. Saralash o'yinlari 20-24-sentyabr sanalari oralig'ida bo'lib o'tadi.

Seshanba oqshomi "Yunusobod" sport majmuasida Osiyoning ikki etakchi terma jamoasi o'rtasidagi navbatdagi bahs ham juda shiddatli, qiziqarli kurashlar ostida o'tishiga shubha yo'q. Keling, ko'ring va zavqlaning! Murosasiz bahsda terma jamoamizning oltinchi o'yinchisiga aylaning!
 
Qadrli futzal ishqibozlari, shu o'rinda eslatib o'tamiz, "Yunusobod" sport majmuasiga kirish mutlaqo bepul. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика