Runi: "Ten Hag Amorimga almashtirilganidan beri MYUning ahvoli faqat yomonlashdi"
15 sen 19:34
Yangiliklar
Runi: "Ten Hag Amorimga almashtirilganidan beri MYUning ahvoli faqat yomonlashdi"
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Ueyn Runi "qizil iblislar"ning "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyatidan so'ng (3:0) jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim haqida gapirdi.
"Muxlislar Amorim nomini aytib qichqirayotgani eshitilib turdi. Biroq "Yunayted" muxlislari o'yin tugashidan oldin stadionni tark etishining o'zi jiddiy mavzu. Menimcha, ularning hafsalasi pir bo'lgan.
O'ylaymanki, o'tgan yili Erik Ten Hag ishdan bo'shatilib, Ruben kelganidan keyin ular endi qanchalik yaxshi o'ynashi va vaziyat o'zgarishi haqidagi gap-so'zlarni tez-tez eshitamiz. Ammo agar murabbiy o'ziga nisbatan to'g'ri bo'lsa, demak, vaziyat yomonlashganini tan olish kerak", – dedi Runi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar