So’nggi yangiliklar

22:30АПЛ. Лондон дербисида "Тоттенхэм" ва "Челси" ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  2 22:14Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Севилья"ни йирик ҳисобда таслим этди  1 22:00АПЛ. "Арсенал" меҳмонда ғалабага эришди, МЮ эса қийинчилик билан дуранг қайд этди  13 21:48Максим Шацких: "Футболчиларимиз учун хурсандман, жамоам кўрсатган ўйин менга ёқди"  6 21:36Исломбек Исмоилов 5 нафар Осиё чемпионини Жаҳон чемпионатига олиб кетмади  8 21:25Суперлига. "Андижон" - "Бухоро" 1:1  0 20:53Александр Хомяков: "Андижон мен учун қадрдон шаҳар, лекин бу ерга ютиш учун келгандик"  11 20:27Ширер "Ливерпул"ни танқид қилди  5 19:34"Женоа" Патрик Вийера билан хайрлашди  0 18:58Суперлига. "Андижон" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  37 18:437 та гол "Шўртан" - ОКМК ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 18:15"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани узайтиришга рози  1 17:39Омар Мармуш: "Бу борада Ҳусанов жамоада энг зўри"  7 16:54"Ҳужумда сенга эркинлик беришим учун яхшироқ ҳимояланишинг керак"  1 16:25Лутфуллин бошчилигидаги ҳакамлар бригадаси U-17 Жаҳон чемпионати илк турида ишлайди  2

Abduxoliqovning penaltidan kiritgan goli "Bunyodkor"ga g'alaba taqdim etdi Yangiliklar

Abduxoliqovning penaltidan kiritgan goli "Bunyodkor"ga g'alaba taqdim etdi

Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Xorazm" uchrashuvi yakunlandi.

"Bunyodkor" — "Xorazm" 1:0 

Gol: 82 - Temurxo'ja Abduxoliqov 

Bosh hakam: To'rabek Suyonov

Yordamchi hakamlar: Aleksandr Sidorov, Husan Xo'dayberdiev

Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev

Nazoratchi: Valentin Kovalenko

VAR hakami: Nikita Mustafin

AVAR hakami: Xayriniso Erkinova

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abduljalilov, 2.Nikoloz Mali, 4.Najmiddin Normurodov, 9.Imeda Ashortiya (23.Asadbek Rahimjonov, 89), 10.Rasul Yo'ldoshev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 15.Marko Bugarin ( 5.Aleksandr Zevadinov, 74), 17.Ollabergan Karimov (8.Martin Shroler, 62), 21.Nosirjon Abdusalomov (54.Mirkomilbek Murodov,74), 25.Itsuki Urata, 57.Amir Turakulov 

Zaxira: 22.Valijon Rahimov,18.Narimonjon Ahmadjonov, 19.Farruxjon Qodirov,  33.Abdulazizxon Abdurashidov,  66.Azizbek To'lqinbekov

"Xorazm": 39.Artyom Potapov, 6.Abbosjon Otaxonov, 7.Temurbek Ismailov (77.Sunnatulla Abdullajonov, 60), 8.Xazratjon Tursunkulov, 9.Jasur Azimov ( 2.Diyorbek Ortiqboev, 60), 10.Murodbek Bobojonov, 11.Humoyunmirzo Iminov (22.Asadbek Saitxonov,70), 15.Vladimir Bubanya, 88.Abror Xo'sinov, 94.Rustamjon Abduhamidov, 99.Shahrom Samiev ( 79.Azizjon Ahrorov83)

Zaxira: 1.Mashhurjon Muhammadjonov,3.Ravshanbek Sultanov, 4.Farruhjon Ibrohimov, 20.Danila Ejov,  27.Ixtiyor Tashpulatov,


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi

90+10. Bobojonovning zarbasini darvozabon qaytardi

90+7. Bobojonovning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

90+1. Mehmonlarda yana bir yaxshi imkoniyat bo'ldi. Biroq bu safar to'sin mezbonlarga yordam berdi

90. Hakam 2-bo'limga 9 daqiqa qo'shib berdi

87. Turakulov Temurxo'jani darvozabon bilan birga bir chiqarib yubordi. Abduxoliqov darvozaboni aldadi va bo'sh darvozaga zarba yo'lladi. Biroq to'p ustunga tegib qaytmoqda

82. GOOOL. Temurxo'ja Abduxoliqov penaltidan unumli foydalandi va hisobni ochdi

78. Murodov hisobni ochishi mumkin edi, biroq Potapovdan super seyv

77. Super imkoniyatdan mehmonlar foydalana olmadi. Tursunqulovning uzatmasiga hech kim etib kela olmadi

74. Zevadinov va Murodov maydonga tushdi. Ular Abdusalomov va Bugarinning o'rniga maydonga tushdi. Murodov 2009 yilda tug'ilgan bolakay ekan. Bugungi uchrashuv Mirjomilbek uchun Superligada debyut

72. Uchrashuvda hujumlar sonini ancha kamaydi. Jamoalarning xavfli hujumlari deyarli sodir bo'lmay qoldi

70. Iminovning o'rniga Saitxonov maydonga tushdi

62. O'zgarish. Shroler Karimovning o'rniga maydonga tushdi

60. Ortiqboev va Abdullajonov maydonga tushdi. Ular Azimov va Ismoilovni alishtirishdi

56. Bobojonov juda qulay imkoniyatdan foydanala olmadi. Gol bo'lgan taqdirda ham hisobga olinmas ekan. Sababi Murod Bobojonov ofsaydda qolgan ekan

55. Barchasi joyida uchrashuv davom ettirilmoqda

53. VAR ehtimoliy penaltini ko'rmoqda. Otaxanov o'z maydonida qo'p bilan o'ynagan bo'lishi mumkin

50. Karimovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi. Qaytgan to'pni Abduxoliqov darvozaga joyladi. Biroq Temurxo'ja ofsaydda ekan

49. Mali qanotdan yaxshi kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi, raqib himoyachisi to'pni burchakka chiqarib yubordi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+1. Malining ajoyib uzatmasidan so'ng Abduxoliqov juda qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Biroq Temurxo'janing yaqin masofadan yo'llagan zarbasi juda noaniq ketdi

39. Ogohlantirish. Uchrashuvdagi ilk ogohlantirishni mezbonlar yarim himoyachisi Ashortiaga nasib etdi

36. "Bunyodkor" zarba berishdan tashqari qolgan barchasini ajoyib tarzda amalga oshirmoqda. So'nggi nuqtaga kelganda mezbonlar vakillari o'z imkoniyatlaridan foydalana olishmayapti

35. Abdusalomov raqib futbolchilaridan o'tdi va Abduxoliqovga to'pni uzatdi. Negadir mezbonlar sardori zarba berish o'rniga to'pni sherigiga uzatishga qaror qildi. Biroq bu safar raqib himoyasi yaxshi o'ynadi

29. Ashortianing uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

24. Shahram Samievning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi

19. Mezbonlar uchrashuvdagi hozircha eng xavfli hujumni tashkil qilishdi. Abduxoliqov Abdusalomovni darvozabon bilan birga bir chiqarib yubordi. Biroq Nosirjonning zarbasini Potapov qiyinchilik bilan qaytardi. Potapovdan seyv

15. Temurxo'jada yaxshi imkoniyat bo'lgandi. Sheriklari jamoa sardorini yaxshi vaziyatga chiqarib yuborishdi. Ammo raqib himoyasi va darvozaboni ham yaxshi harakat qildi

12. Murodjon Bobojonov darvozabon bilan birga chiqishi mumkin edi, biroq hujumchi yiqilib tushdi va imkoniyatdan "quruq" qoldi

10. "Bunyodkor" ham asta-sekinlik bilan hujumlar tashkil etishni boshladi. Abduxoliqovning uzatmasini Potapov ushlab oldi

4. Ilk daqiqalarda ustunlik mehmonlarda. Ular bir nechta xavfli vaziyatlar yaratishdi. "Bunyodkor" hozircha faqat himoyalanmoqda

1. Birinchi daqiqaning o'zida mehmonlar hisobni ochishlari mumkin edi. Xazratjon Tursunkulov darvozabon bilan deyarli birga bir chiqdi va zarba yo'lladi. Biroq zarba juda sekin chiqdi va mezbonlar darvozaboni qiyinchiliksiz ushlab oldi


UCHRASHUV BOSHLANDI

Reyting: +1   

Fikrlar

+2   
14 sen 20:08:47
Музаффар Махмудов
Пенальти бормиди ўзи
+1   
14 sen 20:18:36
salom salom
UYI KUYSIN SHU PENALTINI
+1   
14 sen 19:27:32
salom salom
Buxoro chempion
   
14 sen 20:26:48
Paxtakor........uz
Abduholiqov xali bormi?
   
14 sen 18:31:11
Нозим1983
Бунёдкор факат галаба ????????
-1   
14 sen 18:57:54
Фарход
Келинглар бугун '"Хоразм'"' галаба козона колсин хурматли футбол ишкибозлари ,карши булмасаларинг. Келаси мавсум '"Бунёдкор"' албатта Чемпион булади, агарда Илёс штаби билан колса ва 2 ~ 3 та яхши ижрочи олса. Э'тибор берган булсаларинг команда уйин услуби бошка клублардан фарк килади, Европазириновый стиль ( умумий италиянча почерк )
-2   
14 sen 18:03:21
barselona7
Хоразм хавфли зонадан узоқлашиши учун очко зарур. Бунёдкорни эса ҳолати яхши аммо " кўнглини топса любойига эрийди".
-4   
14 sen 19:32:55
barselona7
Бунёдкор айниқса Абдухолиқов адашиб гол уриб қўймаслик учун ҳамма нарсани қиляпти.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика