"Guliston" jamoasiga bosh murabbiy tayinlandi
24 fev 11:47
Yangiliklar
"Guliston" futbol klubi rahbariyatining qaroriga ko'ra. Abbos Ergashev bosh murabbiy lavozimiga tayinlandi.
Bu mutaxassis yangi mavsumda jamoani boshqaradi. Uning oldiga "Guliston"ni Pro ligaga olib chiqish vazifasi qo'yilgan.
Ergashev bunga qadar "Zomin" va "Yangier-Quruvchi" jamoalarida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan, yoshlar futbolida yukori natijalarga erishgan. O'zbekiston U-20, o'smirlar terma jamoalari uchun ko'plab futbolchilarni etishtirib bergan. Shuningdek, FIFAning nufuzli Instruktorlar kursini tamomlagan va O'FA instruktori sifatida mutaxassislarga talim berib kelayotgandi", – deyiladi xabarda.
Avvalroq "Nasaf" sobiq futbolchisi klub bosh direktori lavozimida ishlashi elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar