Pro liga qachon boshlanishi elon qilindi
23 fev 12:18
Yangiliklar
Pro liga qachon boshlanishi elon qilindi
Avvalroq musobaqada 14 ta klub ishtirok etishi malum qilingandi. Ular 13 tadan uy-safar — jami 26 ta o'yinida ishtirok etadi.
Pro liga 5 aprel sanasidan start olishi rejalashtirilgan. Ligada musobaqani mart oyidagi FIFA kunlaridan avvalroq boshlash imkoniyati ham mavjud. Biroq Namangan, Olmaliq, Jizzax, Qarshi, Kattaqo'rg'on, Nukus kabi shaharlardagi jami 7 ta stadionda tamirlash ishlari davom etmoqda. G'azalkentdagi stadionda esa qurilish ishlari boshlanmagan. Buning evaziga "Nasaf" va "Mashal" kabi Superliga klublari mavsumni Pro liga uchun reja qilingan maydonda boshlaydi. Pro liganing boshqa klubi shartnoma imzolashni rejalashtirayotgan stadionda esa elitaning boshqa klublari to'p tepadi.

Liga rejasiga ko'ra, O'zbekiston Kubogining guruh bosqichiga qadar Pro liga klublari 7 ta tur doirasida maydonga tushadi. Bunda o'yinlar Superliga bilan deyarli to'qnashmaydi. Elita klublari tanaffusga chiqqan muddatdan keyin ham Pro liga klublari yana 3 tadan o'yinda ishtirok etadi.
Pro liga tavqimi
1-tur: 5-6 aprel
2-tur: 10-11 aprel
3-tur: 15-16 aprel
4-tur: 20-21 aprel
....
24-tur: 26-27 oktyabr
25-tur: 1-2 noyabr
26-tur: 7-8 noyabr
Mavsum to'liq taqvimi bilan ushbu havola orqali tanishib olishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar