"Dinamo" bugun Samarqandda yig'iladi
23 fev 11:37
Yangiliklar
"Dinamo" bugun Samarqandda yig'iladi
Bugun, 23 fevral kuni "Dinamo" jamoasi Samarqanddagi qarorgohida yig'iladi, deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Ko'hna shahar jamoasi Toshkent va BAAda o'tkazilgan mavsumoldi yig'inlarini yakunlab, Samarqanddagi qarorgohida to'planadi va 28 fevral kuni Superliga 1-turi doirasida "Navbahor"ga qarshi kechadigan o'yin uchun so'nggi tayyorgarlikni boshlaydi.
1-tur o'yiniga qadar "Dinamo"ning mavsumoldi ananaviy tanishtiruv marosimi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda rasmiy malumot beriladi.
Eslatib o'tamiz, Superliga 1-turining markaziy o'yini sanalmish "Dinamo" – "Navbahor" uchrashuvi 28 fevral, shanba kuni soat 19:15 da boshlanadi. Samarqanddagi o'yinga qiziqish juda yuqori, yaqin orada o'yin chiptalari va markaziy sektor uchun mavsumiy abonementlar sotuvi bo'yicha rasmiy elon beriladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди
Fikrlar
Динамо Мухлислари Жаммоамизни куллаб куватлайлик. Динамо факат Чемпионлик учун курашади. Олга Динамо.
Вадим Ака биз сизга ишонамиз. ????????????✨⚽????