So’nggi yangiliklar

01:48Микель Артета: "Ютиб турганимизда бизни яхши кўриб қолиш осон. Дуранг ва мағлубиятда ҳам бизни яхши кўринг"  9 01:15Майкл Кэррик: "МЮда қанча ишлашимни мен ҳал қилмайман"  1 01:07Фабио Капелло: "АПЛ - бошқа сайёра"  0 00:59"Истиқлол" ОЧЛ 2'даги омадсизликдан кейин бош мураббийини истеъфога чиқарди  2 00:48Уэйн Руни Гвардиола кетса "Сити" кимни олиб келиши кераклигини айтди  2 00:21"Кристал Пэлас" Гласнернинг истеъфосини тезлаштириши мумкин  0 23:57ОКМК ёш футболчилари билан шартномаларни узайтирди  0 23:44"Қўқон-1912" Шоҳруҳ Маҳмудхожиевнинг трансферини эълон қилди  2 23:33Игор Тудор: "Ишонч билан айтаман, "Тоттенхэм" лигадан тушиб кетмайди"  1 23:15Туркияда ўз жамоалари учун ставка қўйган 32 клуб раҳбарлари ҳибсга олинди  4 22:51ОКМК "Навбаҳор" футболчиси билан "2+1" кўринишида шартнома имзолади  1 22:37Эрон. "Персеполис" ўз майдонида ютқазди, Сергеевдан гол  3 22:15Сака АПЛда энг кўп маош оладиган футболчилар рейтингига қўшилди  2 21:51Ансу Фати фаолиятини Премьер-лигада давом эттириши мумкин  3 21:41"Металлург" Бранимир Йочич билан шартнома имзолади  2

Bektemir Abdumannonov: "O'zbekiston MTJdan chaqiruv olish va "Dinamo" bilan kamida bitta sovrin yutish niyatidaman" Yangiliklar

Bektemir Abdumannonov: "O'zbekiston MTJdan chaqiruv olish va "Dinamo" bilan kamida bitta sovrin yutish niyatidaman"

Qishki transfer oynasida "Dinamo" futbolchisiga aylangan Bektemir Abdumannonov jamoa bilan Dubayda yangi mavsumga puxta hozirlik ko'rdi.

Yig'in yakunida "Dinamo" matbuot xizmati Bektemir bilan suhbatlashib, uning jamoaga kelishi, moslashishi va faoliyatiga oid bir qator savollarga javob oldi.

 - Bektemir, avvalo "Dinamo" taklifi sizda qachon va qanday paydo bo'ldi?

- Mavsum yakunidan keyin Vadim Karlenovich taklif qildilar. "Andijon" bilan Turkiyadagi yig'inga yo'l olgandim. U kishi meni o'z jamoasida ko'rmoqchi ekanini aytdi. "Dinamo"dagi o'yinlarim orqali milliy jamoadan chaqiruv olishni maqsad qildim hamda Vadim Abramov bu borada o'sishimga yordam berishiga ishonib, uning qo'l ostida to'p tepishga qaror qildim.

- Sizda boshqa takliflar ham bo'lgan ekan, "Dinamo"ni tanlashingizga qaysi jihatlar turtki bo'ldi?

- Menga ko'proq "Dinamo"ning o'yin jihati yoqqani uchun tanladim, chunki bu jamoani o'yinini kuzatganman, o'yin uslubi menga ko'proq mos keladi. O'zimni o'yinimga mos tushadigani uchun ham jamoaga keldim.

- "Andijon"da ham sermahsullik borasida yaxshi natija ko'rsatgansiz...

- Xomyakov qo'l ostida to'p nazoratiga asoslangan emas, ko'proq qarshi hujumda o'ynardik. Ammo tarkibda o'zgarishlar bo'lgach, qolaversa, bir yil ichida 2-3 murabbiy o'zgargach, ko'p narsa o'zgarib ketdi. Yakunda xayrlashishga qaror qildim.

- "Dinamo"ga moslashish jarayoni qiyin kechmadimi?

- Yo'q, hamma yaxshi kutib oldi. Hamma bilan yaxshiman, o'zi oldindan ham aksariyat o'yinchilar bilan tanish edim. Misol uchun, jamoadagi Ulug'bek Abdullaev bilan futbol internatida birga o'qiganmiz. Umuman olganda, "Dinamo" tarkibidagi aksariyat o'yinchilar xuddi akamdek. Hozir mehmonxonada Firdavs Abdurahmonov bilan birga turibmiz, u bilan yaqinroqman, qolganlar bilan ham yaxshi munosabatdamiz. Tezda kirishib ketdim deyishim mumkin. Yaxshi kollektiv yig'ilgan.

- "Andijon"da ikki yil faoliyat yuritib, o'sishga erishdingiz, Kubokni qo'lga kiritdingiz. Jamoani tark etish qiyin bo'lgandir?

- Oson bo'lmadi. Ammo bu o'z hayotimni hal qiladigan o'zgarishlardan edi. U erda qolishim katta tavakkal bo'lardi, chunki o'ynamasligim 50/50 edi. Yangi murabbiy bilan gaplashganimda "harakat qilsang, o'ynaysan" dedi. Klubda ikki yil barqaror o'ynagandim, ammo menga oddiy yosh o'yinchidek qarayotganini sezdim. Shu bois o'zim ketishni xohladim. Ha, muxlislar biroz xafa bo'lishdi, ammo o'zim uchun "Dinamo"ga o'tishim plyus deb hisoblayman. "Andijon" bilan 60 yil deganda tarixidagi ilk Kubokni yutdik, muxlislar ajiotaji juda kuchli bo'ldi. Ikki yilda ko'p narsa o'rgandim, ko'p yaxshi xotiralar qoldi.

- Aleksandr Xomyakov bilan ishladingiz, so'ng qisqa muddat Samvel Babayan qo'l ostida to'p tepdingiz, endi esa Vadim Abramov murabbiyligidasiz. Ayting-chi, bu mutaxassislarning ish uslubi bo'yicha qanday farqlarni sezyapsiz?

- Xomyakovda ko'proq himoyadan o'ynardik, Samvel akada o'rtada ikkinchi zonada kutib, ko'proq qarshi hujumni poylardik. Murabbiy pozicion to'g'ri o'ynashni o'rgatadi. Vadim Karlenovichda esa hammasi bor – to'pga egalik qilish, ikkinchi zonada kutish, pressing, vaqtida qarshi hujumga o'tish, zarur bo'lganda himoyadan o'ynash ham bor. Yani, turli uslublar mujassamlashgan. Yarim himoyachi uchun bu murabbiy uslubi ko'proq mos – to'p bilan erkin bo'la olaman, ko'rganimga tezroq pas beraman, o'ylash jihatim tezlashadi. Yani, askardek emas, erkin ijodkordek miyangizdagi o'ylanmalarni ham bajara olasiz. "Andijon"da yakkakurashlar ko'p edi, bu jamoamda esa ko'proq to'p bilan muomalada bo'lamiz. To'pni keraksiz joyda yo'qotmaslik muhim bu erda.

- Yangi mavsumda "Dinamo" bilan qanday maqsadlarni ko'zlayapsiz?

- Samarqanddagi faoliyatim orqali O'zbekiston milliy jamoasidan chaqiruv olish va "Dinamo" bilan ham kamida bitta sovrinni yutmoqchiman. Shuning uchun ham shu erdaman. O'tgan mavsum kuzatgandim, "Dinamo" 2-o'ringa juda yaqin edi, qolaversa, Kubok yarim finalida penaltilar seriyasida omadi kelmagandi. Finalga chiqqanda "Dinamo" aniq Kubokni olardi deb o'ylayman. "Dinamo"ga qarshi o'tgan yilgi o'yinlarni ham eslayman. O'shanda bizda biroz pasayish boshlangan, "Dinamo" esa o'sishga erishayotgan payt edi. Andijonda so'nggi soniyalarda mag'lub bo'lgandik, Samarqandda ham "Dinamo" ustun kelgandi.

- "Dinamo" bilan Dubayda ikkita yig'inda qatnashdingiz. Taassurotlar va tayyorgarlik haqida gapirsangiz...

- Eng avvalo aytishim kerak, ancha kuchli va yaxshi jamoalar bilan o'ynadik. Bu o'yinlar o'zimiz uchun ham katta tayyorgarlik va sinov bo'ldi. Shu orqali tajriba orttirdik va chempionatga tayyorlandik. Bu Superligada asqotishi aniq.

- Yil boshida avvalgi klubingiz bilan Turkiyada yig'inda qatnashdingiz, endi esa BAAda tayyorgarlik ko'rdingiz. Ikki mamlakatdagi yig'inlar bo'yicha qanday farqlar yaqqol sezildi?

- Turkiyada boshida yig'in qiyinroq o'tadi – yomg'irlar, sovuq havo, doimiy namgarchiliklar, natijada ko'p vaqt sport zalida o'tishi mumkin. Dubayda esa futbol uchun ideal sharoitlar, mos iqlim. Reja asosida o'tadi hammasi. O'z o'yiningizni ko'rsata olasiz. Turkiyada esa kuchli shamollar tufayli o'yinlarda ham qiynalasiz.

- Dubaydagi ikki bosqichli yig'inda jami 9 ta o'yin o'tkazildi. Qaysi o'yinlar ko'proq esda qoldi?

- CSKAga qarshi bahs gollarga boy bo'lgani va g'alaba qozonganimiz esda qolarli bo'ldi. "Zenit"ga qarshi bahsda ham bemalol durangga munosib edik, vaziyatlardan foydalana olsak, hisob teng bo'lardi. "Lokomotiv" bilan o'yinda esa 1-taymda ko'p gol o'tkazib qo'ydik, ikkinchi bo'limda esa ulardan yaxshiroq harakat qildik. Oramizda katta farq yo'q edi, faqat ular biroz professionalroq harakat qilishdi.

- Tasavvur qiling, transfer oynasining so'nggi kunlari, sizda qaysidir o'yinchini jamoaga taklif etish imkoni bo'lganida kimlarni "Dinamo"ga taklif etgan bo'lardingiz?

- Sobiq jamoadoshlarimdan Sherzod Esanovni, Rustam Turdimurodovni, Farhod Sohibjonovni aytgan bo'lardim. Birga muvaffaqiyatli to'p tepganmiz. Agar jamoani kuchaytiradigan bir nafar o'yinchi deyilsa, Alijonovni ko'rsatardim.

- Futbolga kirib kelgan ilk qadamlaringizni ham eslasangiz...

- 2013 yil Jizzaxdan "Bunyodkor" akademiyasiga kelganman. Bir yildan keyin akademiyada men tahsil olgan guruhni pullik qilib qo'yishgandi. Shu bois "Paxtakor" maktabiga o'tishimga to'g'ri kelgan. O'shanda Dilshod Nuraliev meni ko'rib, akademiyaga chaqirgan, shu tariqa klub akademiyasiga katta bo'lganman desam bo'ladi. Qariyb 6 yil klub tizimida bo'ldim. "Paxtakor" o'rinbosarlariga o'tayotganimda Timur Kapadze "Olimpik"ka taklif qildi, keyinchalik olimpiya jamoasi azosiga aylandim. Orada "Metallurg"da 1,5 yil o'ynab, "Andijon"ga o'tdim. Murabbiylardan minnatdorman.

- Timur Kapadze haqida gapirdingiz. Aynan uning murabbiyligidagi "Navbahor" 1-turda "Dinamo" mehmoni bo'ladi. Abramov va Kapadze ustoz-shogird sanaladi, ikkisi qo'l ostida ham o'ynadingiz, o'xshash jihatlar nimada?

- Ikki murabbiyning ham o'yin uslubi deyarli bir xil. Ikkala jamoa ham to'p bilan ko'p harakat qiladi, pressing qiladi. Bu o'yin zo'r o'tadi, kim yaxshiroq tayyor bo'lsa, omad kulib boqsa, o'sha 3 ochkoga ega chiqadi. Mezbon sifatida faqat g'alabaga intilamiz. O'yinga tayyorlash bo'yicha ham o'xshash holatlar ko'p. Ikki murabbiy ham o'yinchilarga katta bosim qilmaydi, o'ynab ketishi uchun qo'llab-quvvatlaydi, erkinlik berib ko'radi.

- Samarqanddagi ochilish o'yinini hozirdan tasavvur qilyapsizmi? Andijondagi muxlislikdan kam bo'lmagan ishqibozlar qarshisida o'ynaysiz...

- Albatta, hammamiz kutyapmiz. Samarqandlik muxlislar stadionni to'ldirishiga ishonamiz. "Ultras"dek "Oq armiya" fan-klubi ham rivojlanib bormoqda. Jamoa qanchalik yaxshi natijalar ko'rsatib tursa, muxlislari ham o'sadi. Masalan, Andijonda ham yaxshi o'yinlar ko'rsatgan paytimiz muxlislar ham stadionni to'ldirishgan, yaxshi o'yin va yaxshi natija bo'lib tursa muxlislar stadionga kelaveradi. Shu orqali muxlislik ham, futbolchilar ham o'sadi.

- Superliganing eng yaxshi 5 nafar futbolchisini sanab o'tsangiz...

- Yil davomida barqaror o'ynab kelayotganlardan Hojiakbar Alijonov. Lyupcho Dorievni ham eng yaxshi legionerlardan biri deb bilaman. Anvarjon Hojimirzaev "Dinamo"da ikki yildan beri jamoa to'purari bo'lib kelyapti. "Neftchi"da Jamshid Iskanderov jamoaning chempion bo'lishiga katta hissa qo'shdi. "Nasaf"da Abduvohid Nematov stabil o'ynab kelmoqda. Igor Sergeevni ham kiritardim, ammo u Eron chempionatiga ketib qoldi.

- Futboldagi dastlabki maoshingizni eslay olasizmi?

- Albatta. "Paxtakor"da Birinchi ligada o'ynab yurgan paytim 2016 yillar edi, 1 million maosh olardim.

- Qaysi jamoalar ishtirokidagi o'yinlarni kuzatib borasiz?

- O'zbekiston chempionatini doim kuzataman. Shuningdek, Ispaniyada "Real" va "Barsa" ishtirokidagi bahslar. Angliyada "Siti" o'yinlariga befarq emasman. Futbolchilardan Mbappe, Vinisius, Rafinya, Yamal o'yinlarini kuzatib boraman. O'zim ham vaqti kelib Evropada o'ynashni maqsad qilganman.

Reyting: +3   

Fikrlar

+2   
20 fev 12:23:11
Saidjahon
Андижондан кетгани жамоани хатоси булди.Нима булса хам каерда уйнаса хам омад тилаймиз.Андижон учун яхшигина мехнат килди мухлислар сендан рози сен хам рози булгин.Бир нарсани тан олиш керак легионерларни билмадиму,лекин бу йил Динамо зур махаллий уйинчилар борасида трансферларни амалга оширди.
+1   
20 fev 13:49:18
Raximbergan Ruzmetov
Динамо бу йил хакикий ракобат килади чемпионлик пойгасида Пахтакор Нефтчига. Асосан чемпионлик мана шу 3ла жамоа уртасида кечса ажабмас.
   
20 fev 18:28:33
Y@Go_6060
Динамода хуш келипсан. Бектемир газини бос укам!!!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика