Jahongir Jiyamurodov - "Guliston" bosh direktori
23 fev 11:15
Yangiliklar
Jahongir Jiyamurodov - "Guliston" bosh direktori
"Klubga sirdaryolik sobiq futbolchi va mutaxassis Jahongir Qudratovich Jiyamurodov bosh direktor etib tayinlandi.
Jahongir Jiyamurodovga katta masuliyat yuklanganini malum qilib, Sirdaryo futbolini birgalikda yangi darajaga olib chiqish, klub murabbiylari shtabi bilan hamjihatlikda yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rishni tashkil etish yo'lida omad tilab qolamiz.
Professional futboldagi faoliyatini 2003 yilda "Mashal"da boshlagan. Muborakliklar bilan 2005 yil chempionatda vice-chempion bo'lgan, 2006 va 2008 yilda jamoa safida 3-o'rinda mavsumni yakunlagan. 2009 yildan «Nasaf» azosiga aylangan. 2010 yil (3-o'rin), 2011 yil (2-o'rin) va OFK Kubogi g'olibi bo'lgan. 2014 yilda "Neftchi" va OKMK klublarida to'p tepgan. 2015 yil yana "Mashal"ga qaytgan. Keyinchalik "So'g'diyona" va "Sho'rtan" jamoalarida o'ynagan. O'zbekiston milliy hamda Olimpiya jamoalarida ham to'p tepgan.

2018 yildan murabbiylik faoliyatini boshlab, "Zomin"ni 1-ligadan Pro ligaga olib chiqqan. "Rubin"ni boshqargan. 2023 yilda esa "Yangier" bilan ishlagan. 2025 yilda BO'SMda futbol bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimida mehnat qilib kelayotgandi. 2025 yilning noyabridan esa "Guliston" klubi bosh direktori lavozimiga tayinlangan.
2011 yilda O'zbekiston mustaqilligining 20 yillik ko'krak nishoni sohibi bo'lgan", – deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди
Fikrlar