So’nggi yangiliklar

23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  21 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  51 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  217 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  24 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  2

Ulug'bek Bakaev: "0:6 hisobida mag'lub bo'lish juda og'riqli" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "0:6 hisobida mag'lub bo'lish juda og'riqli"

Superliganing 9-turi doirasida "Paxtakor" maydonidagi mag'lubiyatdan keyin "Buxoro" bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yinni yaxshi boshladik, birinchi bo'limda gol ham urdik, VAR esa golni hisoblamadi va ofsayd borligini aytishdi. Bilmadim, qaerda ofsayd ko'rishdi. Takroriy lavhalarni ko'rdim va menimcha gol toza urildi. "Paxtakor"ning tarkibi kuchli, ijrochilari bor. Ular o'z vaziyatlaridan foydalanishdi. Birinchi bo'limda ikkita urishdi,  ikkinchi bo'lim boshidagi xatolar esa... Hech kimni ayblamoqchi emasman, yigitlarga minnatdorlik bildiraman. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman, biroq 0:6 hisobida mag'lub bo'lish juda og'riqli. Mag'lubiyatdagi barcha ayb va masuliyatni o'z bo'ynimga olaman.

- Jamoaning tarkibi yomon emas, sharoitlar ham etarlicha. Klubda moliyaviy yoki natijaga salbiy tasir o'tkazadigan boshqa muammolar bormi?

- Bu erda ajratib ko'rsatiladigan narsalar ko'p. Hozir jamoa ruhiy tushkunlikda. Sobiq futbolchi sifatida aytaman, bunday holatdan chiqib ketish juda qiyin. Bu erda bir "portlash" kerak. Yani, g'alaba qozonishimiz yoki 3 ochko olishimiz kerak. Futbolda futbolchining ruhiy tushkunlikka tushib qolishi odatiy holat. Biz o'yin davomida raqib darvozasi tomon 4-5ta zarba beryapmiz, raqib darvozaboni yaxshi qaytaryapti. "Paxtakor"da esa zarbalari odatda chiroyli gollar, ijro mahorati bilan yakunlanyapti, bunga etiroz yo'q. Shunchaki bizga berilgan zarbalarning barchasi gol bo'lyapti. Demak, bu qandaydir ishonchsizlik emas, boshqa narsa. Ruhiy qo'rqishmi, bilmadim. Bu ruhiy tushkunlikdan tezroq chiqib ketish kerak. Lekin bu juda qiyin.

- Balki bunga jamoaning faqatgina safar o'yinlarida o'ynayotgani sababdir. Baribir Buxoroda jamoa ko'p g'alaba qozonardi.

- Qachonki biz Buxoroda bo'lsak, o'z jonajon stadionimiz bo'lardi, 25 ming muxlis kelardi, bu esa qo'shimcha ruh berardi. Bahsli vaziyatlarda hakamlar mezbonlarga yonbosardi. Bu ham bir plyus. Safarda bo'layotganimiz uchun muxlislarning qo'llab-quvvatlashini his qilmayapmiz. Bu borada ham nyuanslar bor. Hozircha shunday.


Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика