Vitsel “Madrid derbisi”da unikal rekord qo'ydi
19 sen 2022 09:45
Yangiliklar


Vitsel “Madrid derbisi”da unikal rekord qo'ydi
Ispaniya chempionati 6-turida “Atletiko” 1:2 hisobida “Real”ga yutqazdi.
“Matraschilar” yarim himoyachisi Aksel Vitsel bahs davomida 63 ta pasni amalga oshirdi va ularning barchasi aniq bo'ldi. OptaJose hisob-kitobiga ko'ra, Vitsel “Madrid derbi”lari tarixida yuqori ko'rsatkich bilan yuz foiz aniqlik ko'rsatgan futbolchi sifatida rekord qo'ydi. Mazkur statistika 2005/06 yilgi mavsumdan beri hisoblab boriladi.
33 yoshli belgiyalik yozda erkin agent sifatida “Borussiya D”dan “Atletiko” tarkibiga kelib qo'shildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar