So’nggi yangiliklar

10:20Анчелотти «Реал Мадрид» президенти Пересни Чемпионлар лигаси финалига чиққанидан кейин мақтади  1 10:19"Шўртан" ва "Қўқон-1912" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 09:52Хвича Кварацхелиянинг кейинги жамоаси маълум  1 09:27Криштиану Роналду: «Ҳеч қачон таслим бўлманг»  4 09:00«Боруссия» финалда «Реал Мадрид»га мағлуб бўлса, 5 миллион бонус олади  18 08:36ПСЖга Мбаппенинг ўрнига ким келиши маълум  4 08:11«Байер» 60 йиллик рекордни янгилади  3 07:48Про лига. Бугун 7-тур баҳслари якунланади  0 07:23EКЛ. «Олимпиакос» уйида бўладиган финалга йўл олди  0 06:28Тохир Кападзе: "Бу йигитлар ўзбек футболининг келажаги"   4 06:10Европа лигаси. "Байер" - "Рома" 2:2   0 06:05Европа лигаси. "Аталанта" - "Марсель" 3:0   0 06:00Саудия чемпионати. "Ал Уҳдуд" - "Ал Насср" 2:3   1 02:40Испаниянинг 2-лигасидаги клуб "Реал"ни енгиш борасида "Боруссия"га ўз ёрдамини таклиф қилди  10 02:04Европа лигаси. "Байер"нинг мағлубиятсиз серияси давом этади, финалдаги рақиб — "Аталанта"  29

Vitaliy Levchenko: "Ikkinchi bo'limda nazorat qo'limizda bo'lishiga qaramay vaziyatlardan foydalanmadik" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Ikkinchi bo'limda nazorat qo'limizda bo'lishiga qaramay vaziyatlardan foydalanmadik"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Neftchi" - "Metallurg" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Vitaliy Levchenko fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"Birinchi bo'limda qaysidir jabhalarda kuchsiz ko'rindik. "Metallurg" jamoasiga erkinlik berib qo'ydik. Ikkinchi bo'limda tarkibda o'zgarishlar amalga oshirdik, kreativroq futbolchilar maydonga tushishdi. O'yin nazoratimizga o'tdi. Ammo vaziyatlarni golga aylantira olganimiz yo'q

Qoniqish degan narsa yo'q. O'yinimizda hal qilishimiz kerak bo'lgan muammolar bor. Nima etishmadi? Gol va vaziyatlardan foydalana olmaslik. Ayrim pallalarda raqib posboni ham yaxshi harakat qildi",- deydi Vitaliy Levchenko. 

- Tojikistonlik legionerlarni maydonga tushishi kutilgandi... 

- Ularda ayrim muammolar bor. Tiklanish jarayonini o'tkazishmoqda. Umid qilamanki, tez kunlarda safimizga qaytishadi. 

- SHohruz Norxonovchi?

- Unda ham oyoq mushaklari bilan bog'liq kichik muammosi mavjud. Tiklanib olishi uchun biroz fursat zarur. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика