Toxir Kapadze: "Bu yigitlar o'zbek futbolining kelajagi"
10 may 2024 06:28
Yangiliklar
Toxir Kapadze: "Bu yigitlar o'zbek futbolining kelajagi"
"Albatta, har bir ota bolasining xursandchiligiga sherik bo'lishni istaydi. Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Avval ham aytganimdek bu yigitlarni tarbiyalagan ota-onalari, ustozlariga rahmat. Ajoyib jamoa qilishdi. Endi hammaning ko'zi ularda bo'ladi. Olimpiadada ham guruhdan chiqib, sovrinli o'rinlarni egallashlari mumkin. Lekin u erga borishning o'zi katta mehnat. Omadlarini bersin, Evropa jamoalarida to'p tepishsin.
Murabbiy bo'lish oson emas. Biroq Timur futbolchilik faoliyatidayoq murabbiylik layoqatini ko'rsatishni boshlagandi. Qiziqardi, yozardi. O'yinni tahlil qilishga qiziqishi yuqori bo'lgan. Biz ishlagan davr bilan solishtirish qiyin. Hozir hamma narsa zamonaviy. Yaxshi tayyorgarlik ko'rmasangiz, raqiblarni o'rganmasangiz o'z-o'zidan natija kelmaydi. Timur futbolchilikni tugatishi bilan O'zbekiston terma jamoasini berishdi, Urugvaylar bilan o'ynashdi. "Lokomotiv" o'rinbosarlari bilan chempion, "Qo'qon-1912"ni saqlab qoldi. Demak, iqtidori bor. "Olimpik"ni noldan boshladi. Rahbariyat ishondi. Xudo xohlasa bu boshlanishi. Nasib qilsa, 2026 yilgi Jahon chempionatiga borishimiz kerak, chunki bazamiz bor. Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Olimpiada kelajak uchun yaxshi turtki bo'ladi.
Yaponiya bilan ham o'yin tomonlama yutqazishmadi. 11 metrlik bu lotoreya. Xafa bo'lishimiz kerak emas. Jamoada hammaning o'z o'rni bor. Qaysidir manoda legionerlarning yo'qligi sezildi. Duo qilaylik Olimpiadada yaxshi natijalar ko'rsatishsin. Bu yigitlar o'zbek futbolining kelajagi",- deydi Toxir Kapadze.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar