So’nggi yangiliklar

02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  1 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  0 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  10 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  9 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  11 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  37 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  13 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  273 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  7 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1

Vitaliy Levchenko: "G'alabani qo'ldan chiqardik" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "G'alabani qo'ldan chiqardik"

Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Neftchi" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida


- Albatta, og'ir o'yin o'tkazdik. G'alaba qozonib ketishimiz mumkin edi, biroq so'ngi daqiqalarda gol o'tkazib yubordik. Ko'rib turganingizdek, uchrashuv durang natija bilan tugadi, g'alabani qo'ldan chiqardik.


- Xusayn Norchaev nega bugun qaydnomaga kiritilmadi?


-  Norchaev tushganida gol urardimi demoqchisiz shekilli. Xusayn Osiyo kubogida og'ir o'yinlarni o'tkazib qaytdi. Biz u bilan kam vaqt aloqada bo'ldik va ayni damdagi holatini bilmasdik. 


- O'zbekiston kubogi finali Farg'onada o'tkaziladi. Jamoangiz finalga qadar etib borsa, qaysi klub bilan to'qnash kelishni istardingiz?


- To'g'ri aytdingiz, O'zbekiston kubogi finali "Istiqlol" stadionida o'tkaziladi. O'z maydonimizda o'tadigan finalga chiqishni istaymiz, bunga harakat qilamiz. Ko'rdingiz, bu mavsumda ketma-ket 3 yildan buyon kubokni qo'lga kiritib kelayotgan "Nasaf" tark etdi. "Andijon" va "Navbahor" jamoalari ushbu turnirda maqsadlari jiddiy ekanini ko'rsatib berishdi. Finalgacha bora olsak, raqib kim ekani ikkinchi darajali masala bo'lib qoladi.


- Mirzohid G'ofurovning almashtirilishi majburiy o'zgarish edimi?


- Tanaffus vaqtida Mirzohid G'ofurov bilan gaplashdik va shu qarorga keldik. Uning o'rnida Manuchehr Safarov o'ynadi.


Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика