So’nggi yangiliklar

22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  9 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  3 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  10 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  4 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5

Jamshid Saidov: "Birinchi bo'limda xatolarimiz ko'p bo'ldi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Birinchi bo'limda xatolarimiz ko'p bo'ldi"

Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Neftchi" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




- O'yin haqida


- Og'ir o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limdagi ko'p xatoliklarga yo'l qo'ydik va shuning evaziga gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda yigitlar xarakter ko'rsatishdi va oxirigacha kurashishdi. Futbol o'zi shunaqa o'yin, qanday natija bilan tugashini taxmin qilish qiyin. Harakat qildik, hujumlar tashkil etdik va golga ham haqli edik deb o'ylayman.


- "Qizilqum" futbolchilarining jismoniy holati avvalgi mavsumlardan yaxshiroq ko'rinayapti. Buning siri nimada?


- Hech qanday siri yo'q. Jamoaviy futbol o'ynashga intilayapmiz, mashg'ulotlarda bu borada ishlayapmiz. Aniq uzatmalar futbolchining erta charchab qolishini oldini oladi.


- Murodjon Rahmatov va Islom Kenjaboevlar jamoani tark etishm haqida fikringiz qanday?


- Bu haqida avval gapirdim. Rahmatov va Kenjaboev iqtidorli futbolchilar. Ular hozir jamoamizda emas ekan, boshqa futbolchilar bilan o'rinlarini munosib to'ldirishimiz kerak.


- Legionerlar ko'rsatayotgan o'yinlar sizni qoniqtirayaptimi?


- Legionerlar bilan bog'liq muammo bizda yo'q. Barchasi o'z vazifalarini bajarish uchun astoydil harakat qilishmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика