OPL. Chempionlikni rasmiylashtirib bo'lgan "Sabah" Boku derbisida "Neftchi"ga mag'lub bo'ldi

17 may 2026, 21:11
Ozarbayjon Premer-ligasi 32-tur doirasidagi "Sabah Boku" - "Neftchi Boku" o'yini bo'lib o'tdi.

“Sabah” safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev 57-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va bahs so'nggiga qadar harakat qildi.

O'yinning uchinchi daqiqasidayoq mezbonlar hisobni ochdi. Aleksey Isaev raqib darvozasiga yo'l topdi. Ammo, etti daqiqa o'tib, mehmonlar hujumchisi Freddi Vargas hisobni tenglashtirdi. 70-daqiqada Ifeanyi Mettyu tomonidan urilgan gol “Neftchi”ga g'alabani taqdim etdi. 84-daqiqada “Sabah” hujumchisi Joy-Lans Mikels maydondan chetlatildi.

Allaqachon chempionlikni rasmiylashtirgan “Sabah” hisobida 32 o'yindan so'ng 75 ochko bor, “Neftchi” esa 56 ochko bilan to'rtinchi o'rinda joylashgan.


2026-05-17 21.10.23.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia