Vinchenco Montella: "Fiorentina" bundanda ko'p gol o'tkazib yuborishi mumkin edi"

Omonjon To`xtamirzayev
13 apr 2015, 01:58
"Fiorentina" bosh murabbiyi Vinchenco Montella jamoasining "Napoli"ga qarshi ko'rsatgan o'yinidan (0:3) qoniqmaganini ta'kidlab o'tdi.
– Bu jiddiy mag'lubiyat edi, – murabbiy so'zlarini keltiradi Sky Italia.

– Biz xarakter namoyish eta olmadik, aynan shu meni havotirga solmoqda. Uchta goldan ham ko'proq to'p o'tkazib yuborishimiz mumkin edi. Himoyachilarimiz bir-birlarini tushunishmadi.
Evrokuboklar uchun kurash davom etadi. Birinchi golni raqibga o'zimiz sovg'a qildik va barchasi aynan shundan boshlandi. Mag'lubiyat sababini topish kerak.

Muammo jamoaning jismoniy tayyorgarlikda emas, balki gap futbolchilarning psixologik holatida. Bir necha kun avval "Yuventus"ga qarshi bo'lgan bahs (0:3) bizga qattiq ta’sir qildi. Bunday holatga tushib qolishimizni bilmagandik. Oxirgi besh-olti kunda ko'rayotgan jamoam menga yoqmayapti va aynan shu meni tashvishga solmoqda. Men futbolchilarni qaytadan ruhlantirishim zarur.

Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: football.kulichki.net