Vilyarreal - evrokubokda jamoasi g'olib chiqqan eng kam aholiga ega shahar. U yerda 51 ming odam yashaydi

Alisher
27 may 2021, 07:51
"Vilyarreal" Yevropa Ligasi finalida "Manchester Yunayted" (1:1, penaltilar bo'yicha - 11:10)ni mag'lub etdi.

"Vilyarreal" Ispaniyaning Vilyarreal shahrida tashkil topgan, u yerda 51 ming atrofidagi aholi istiqomat qiladi.

Vilyarreal - evrokubokda jamoasi g'olib chiqqan eng kam aholiga ega shahar.

Bundan oldingi rekord Mexelenga tegishli edi - shahar nomi bilan ataluvchi klub 1988 yilda kubok egalari Kubogini yutgan. O'sha paytda Belgiya shaharida 75 ming atrofida inson yashagan, hozir - 86 ming atrofida.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/GracenoteLive