Villian 37-o'yinda "Arsenal" safidagi ilk golini urdi
10 may 2021 13:06
Yangiliklar
Villian 37-o'yinda "Arsenal" safidagi ilk golini urdi
"Arsenal" yarim himoyachisi Villian APL doirasidagi "Vest Bromvich" (3:1)ga qarshi o'yinda yakuniy hisobni o'rnatdi.
Bu braziliyalik futbolchining "kanonirlar" tarkibidagi ilk golidir. U bu golni klubdagi 37-o'yinida urdi.
Villian bunga qadar APLning joriy mavsumdagi 24ta o'yinida 2 bor darvozaga aniq zarba bergan edi.
32 yoshli futbolchi "Arsenal"ga o'tgan yili "CHelsi"dan o'tgan.
Fikrlar