Viktor Kumikov: "Sohibjonovning o'zi 3 ta gol urishi mumkin edi"
20 may 2022 20:45
Yangiliklar


Viktor Kumikov: "Sohibjonovning o'zi 3 ta gol urishi mumkin edi"
- O'yin haqida
- Vaziyatlarga boy uchrashuv guvohiga aylandik. 5 ta qulay imkoniyatga ega chiqdik, ammo darvozani ishg'ol qila olmadik. Sohibjonovning o'zi 3 ta gol urishi mumkin edi. Futbol shunday o'yin. Siz har doim ham to'p kiritavermaysiz. Albatta, g'alaba qozonishni istagangik, lekin durang ham 1 ochko degani.
- So'nggi daqiqalarda "Andijon"dan gol kutgandik...
- Ha, gol ura olmadik. Talaygina vaziyatlar yuzaga kelgandi. Omad raqib tomonda bo'ldi.
- Natijadan qoniqdingizmi?
- G'alabaga erishishni istagandik. Bundan ham yomon bo'lishi mumkin edi. Bunday o'yinda durang kuzatilganidan rozi bo'lishimiz kerak. Har bir jamoa jiddiy kurash olib bormoqda.
- "Andijon" futbolchilari oxirgi daqiqalarda charchab qolishdi. Nimaga o'zgarishga qo'l urmadingiz?
- Agar o'zgarish qilsak, yaxshi o'ynashimizga ishonchingiz komilmidi? Hisob boshqacha bo'lganda, balki almashtirardik. O'zgarishlar qilishni lozim topmadim. Biz faqat Isroilovni almashtirishga qaror qildik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar