Viktor Kumikov Qozog'iston klubida ish boshladi
13 dek 2022 16:23
Yangiliklar


Viktor Kumikov Qozog'iston klubida ish boshladi
Taniqli mutaxassis Viktor Kumikov "Qaysar" klubini boshqaradigan bo'ldi.
U bugun Qizilo'rdaning "Qaysar" klubi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.
Kumikov 2022 yilgi mavsum "Andijon" bilan Pro ligada 1-o'rinni egallab, jamoani Superligaga olib chiqqandi.
Avvalroq Kumikovga Qozog'istondan jiddiy takliflar borligi va murabbiy katta ehtimol bilan faoliyatini aynan Qozog'istonda davom ettirishi haqida malum qilgan edik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar