So’nggi yangiliklar

08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  0 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  4 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  5 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3

Ulug'bek Bakaev: "Agar durang bo'lganida adolatli bo'lardi" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Agar durang bo'lganida adolatli bo'lardi"

Superliga 17-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Buxoro" (1:0) uchrashuvidan so'ng "Buxoro" bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Dastlab o'yin haqida fikringiz?

- Uchrashuvni juda yomon boshladik. O'yinga diqqat etiborimizni qarata olmadik, agressiv futbol namoyish etmadik va ruhan tayyor emasdik. Buning sabablari nimada bilmayman. Buning ustiga tezkor gol o'tkazganimiz yomon tasir qildi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan bir nechta futbolchimiz umuman kirishib keta olmadi. Xullas tushunarsiz narsalar ro'y berdi. Natijada tanaffus payti nimanidir o'zgartirishga harakat qildik. Ikkinchi taym "Qizilqum" chuqur himoyalandi, biz esa ko'proq hujumga o'tdik. To'p bir marta ustunga tegdi, yana bir vaziyatda bo'sh darvozaga kirib ketayotgan to'pni raqib o'yinchisi qaytarib qoldi. Agar durang bo'lganida adolatli bo'lardi. Lekin "Qizilqum" yutdi va ularni g'alaba bilan tabriklayman hamda keyingi o'yinlarga omad tilayman.

- Ikkinchi taymda Shahboz Jo'rabekov maydonga tushgach, jamoangiz o'yini kuchaydi. Bu futbolchini asosiy tarkibda tushirsa bo'lmasmidi?

- Bizda 23 nafar futbolchi bor va hammaning asosiyda o'ynagisi keladi. Biz esa barchani birdek ko'rib imkon berishga harakat qilyapmiz. Bazan sen futbolchiga imkon berasan, u esa bu imkoniyatdan foydalana olmaydi. Shuni sira tushunmayman. Shahboz - professional, u ikkinchi taymda tushgan bo'lishiga qaramay, jamoa foydasi uchun harakat qildi.

- Shohruz Norxonov bugun sobiq jamoasiga gol urdi. 

- Unda vaziyatlardan foydalanish hissi yuqori. Bazan hech kim ko'rmagan joyda paydo bo'lib gol uradi. Men Shohro'zni gol urgani bilan tabriklayman.

- Aytib o'tganingizdek, ikkinchi taymda "Buxoro" ko'p hujum qildi, biroq darvozaga zarba berishga kelganda faqat bitta aniq zarba yo'lladi. Bundan go'yoki darvozaga zarba beradigan futbolchi jamoangizda yo'qdek ko'rinyapti.

- Siz yo'q deb aytdingizmi, demak yo'q. Chunki biz futbolchilarga doim zarbasiz gol bo'lmasligini aytamiz. To'pni hadeb uch-to'rt marta uzatgan bilan raqib ham 5-6 marta to'pga yaqinlashgan bo'ladi va senda gol urish imkoniyati kamayib ketadi. Vaziyat bo'ldimi, tepish kerak. Buni ko'p bora takidlaymiz. Lekin futbolchilar eshitishni xohlamayapti yoki ular tepishni bilmayapti.

- O'zingiz o'ynagan paytda ko'p gollar urardingiz. Yoki u payt himoyachilar bo'lmaganmi?

- Albatta, u vaqtlarda ham yaxshi himoyachilar bo'lgan. Lekin hujumchilar ham vaziyat topib gol urgan. To'g'risi, hozirgi holatimizni bir so'z bilan ifodalash qiyin.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика