So’nggi yangiliklar

09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  0 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  4 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  5 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  3 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  31 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   40 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  24 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3

Eldor Moyliev: "Biz ham "Bunyodkor" ham g'alaba qozonib ketishi mumkin edi" Yangiliklar

Eldor Moyliev: "Biz ham "Bunyodkor" ham g'alaba qozonib ketishi mumkin edi"

Superliganing 17-turi doirasida "Bunyodkor" - "Sho'rtan" uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Eldor Moyliev matbuot anjumanida qatnashdi.

- Dastlabki bo'limning 10-15 daqiqasini yaxshi boshladik. To'p nazorati bizda bo'ldi, yaxshi vaziyatlar yaratgandik, afsuski ulardan foydalana olmadik. 15 daqiqalikdan keyin "Bunyodkor" o'z ustunligini ko'rsatishni boshladi. Uzoqdan ko'p zarbalar berishdi. Tarkibi yosh bo'lsa ham "Bunyodkor"da ijrochilar ko'p. Ularga qarshi yopiq o'yin ko'rsatmasak bo'lmasdi, shu sababli yopilib o'ynadik. Ikkinchi bo'limda muxlislarbop o'yin bo'ldi. To'p goh ularda goh bizda bo'ldi. "Bunyodkor" ham biz ham yutib ketishimiz mumkin edi. Yigitlarga rahmat aytaman, ular mehnat qilishdi. Jismoniy jihatdan o'yinga tayyor emasligimiz sezilib qoldi, chunki davralar oralig'ida jamoaga qo'shib olingan futbolchilar birinchi davrada o'z jamoalarida deyarli maydonga tushmagan. Shu sababli bugun jismoniy holatdan qiyinchilik bo'lib qoldi. 

- Jamoaning qizil kartochkagacha va qizil kartochkadan keyingi o'yini haqida nima deya olasiz? Chunki jamoa charchab qolgani sezildi va yangi kelib qo'shilgan futbolchilar o'yinga qo'shilib keta olishmadi.

- Hozir shuni takidlab o'tgandim. Po'latxo'ja Xoldorxonov birinchi davrada kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgan. Ikki o'yindan buyon 90 daqiqadan buyon harakat qilmoqda. Unda charchoq alomatlari sezilib qoldi. U birga-bir vaziyatlarda raqiblarini aldab o'ta oladi. Jasur Hakimovning jamoaga kelib qo'shilganiga 5 kun bo'ldi, uning jarohati bor edi. Asta-sekinlik bilan uning jismoniy holatini tiklab boryapmiz. Kelgusi o'yinlarda u jamoamizga yordam beradi. 

- Davralar oralig'ida "Sho'rtan" ko'p futbolchilarni qo'yib yubordi va ko'p futbolchilarni olib keldi. Bu jamoaning jamoaviyligiga putur etkazmaydimi? Baribir yangi futbolchilarning jamoaga ko'nikib olishlari uchun vaqt kerak bo'ladi.

- Ha, albatta vaqt kerak. Biz ijrochilarni olishga harakat qildik. To'g'ri futbolchilarning jamoaga qo'shilib ketishlari vaqt talab qiladi. Ahamiyat bergan bo'lsangiz "Olimpik"da birga o'ynagan futbolchilarni olishga harakat qildik. Mashg'ulotlarda ham ular bir-birini yaxshi tushunishi ko'rinib turibdi. Bugun boshqacharoq taktika qildik, o'yinni yaxshi boshlagandik. Futbolchilar ko'rsatmalarni bajarayotgandi. Bizda muammo bo'layotgani - futbolchilarning jismoniy holati. Jamoadagilar bir-birini tushunib olishlari uchun ko'p vaqt kerak emas. Uch-to'rt o'yinda barchasi o'rniga tushib ketadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика