So’nggi yangiliklar

19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  2 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  9 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  19 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  36 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  7 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1

Viktor Kumikov: “Buxoro” maydonida g'alaba qozonishni juda istagandik” Yangiliklar

Viktor Kumikov: “Buxoro” maydonida g'alaba qozonishni juda istagandik”

“Buxoro” – “Andijon” (1:2) o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bilasiz, o'z maydonimizda kechgan bahsda “Buxoro”ni yuta olmagandik. SHu sabab raqib maydonida zafar quchishni istagandik. Aytish kerakki, bahsning dastlabki daqiqalari biz uchun omadsiz boshlandi. Keyinchalik o'yindagi tashabbusni o'z tomonimizga og'dira oldik. Bir so'z bilan aytganda, juda qiyin o'yinda, 2 ta gol urib, muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Buning uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Bu turda “Turon” va “Mashal” yutqazib qo'ydi. Ko'rinib turibdiki, tur biz uchun omadli keldi. 

-  Penalti belgilangan vaziyatlarga munosabatingiz qanday?

-  Balki rostdan penalti bo'lgandir. Men ushbu vaziyatdan uzoqroqda edim va aniq baho bera olmayman. Videoni ko'rib chiqib, aslida bo'lgan yoki bo'lmaganini aytish mumkin.

-  Siz raqib jamoadan qanday o'yin kutgandingiz?

-  Yaxshi o'yin kutgandim. Jamoa yozgi transfer oynasida 9 nafar yaxshi saviyadagi ijrochilarni tarkibga qo'shib oldi. Raqib jamoa yomon o'ynamadi. O'yin oxiriga kelib standart vaziyatlardan foydalanishda biroz oqsashdi..

-  Jamoangizning “Buxoro” bilan o'yinga asosiy vazifasi qanday edi?

-  Biz doimo g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz. O'yindan oldin futbolchilarga bu muhim o'yin ekanini takidlagandik. Hozirda juda yaxshi holatdamiz. Lekin xato qilmasdan shunday o'ynashda davom etamiz.

-  “Andijon” Superliga masalasini hal qildi, deyish mumkinmi?

-  Hali oldinda ko'plab o'yinlar bor. Deylik, keyingi raqibimiz bilan o'rtamizda 15 ochko farqi bo'lsa, shunda Superligani hal qilgan bo'lamiz. Hali masala hal bo'lgani yo'q.

-  Jamoangiz  gol urgan vaziyatda ko'p ham hissiyotlarga berilmaysiz. Sababi nimada?

-  Menda emociyalarim o'yin paytida yo'qoladi. Menda oxirgi paytlarda shu narsa etishmaydi.

-  Sizningcha, 2-o'ringa kimga nasib qiladi?

-  “Buxoro” yoki “Turon” jamoalari biz bilan birga Superligaga chiqishini istayman. Sababi sifatli stadion, maydonlari va yaxshi muxlislari ham bor. Masalan, “Mashal”ning o'yinida tomoshabin kam, lekin stadion maydoni yaxshi. “Xorazm” suniy maydonda o'ynagani sababli, futbol o'tkazish juda qiyin. Lekin ularning “Turon” ustidan g'alaba qozongani yaxshi bo'ldi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика