So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  2 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  74 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Viktor Karpenko: "Faqatgina oxirgi 4 kunda to'liq tarkib bilan shug'ullandik" Yangiliklar

Viktor Karpenko: "Faqatgina oxirgi 4 kunda to'liq tarkib bilan shug'ullandik"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" (1:1) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Uning ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Karpenko qatnashdi.

O'yin haqida 

- O'yin haqida to'xtalsam, muxlislarga rahmat aytmoqchiman. So'nggi daqiqaga qadar qo'llab-quvvatlashdi. Yigitlarni ham etirof etmoqchiman. Gol o'tkazib yuborishganiga qaramay, to'xtab qolishmadi. O'yin durangga munosib edi. Nimadir o'xshadi yoki o'xshamadi. Birinchi gol o'tkazib yubordik, keyin muvozanatni tikladik. Qo'limizni tushirmaymiz. Oldinga qarab intilishda davom etamiz.

- Bugun "Bunyodkor"da umuman o'yin surati, sifati ko'zga tashlanmadi. Har holda tanaffusdan oldin jamoaning o'yinida mazmun bor edi. Boz ustiga mezbon maqomida bunday to'p tepishni tushunolmadik...

- O'yin suratiga kelsak, jamoa oxirgi 4 kunda to'liq yig'ildi. SHu vaqt ichida to'liq tarkib bilan shug'ullandik. CHunki terma jamoada futbolchilarimiz ko'p edi.Tojikiston, Qirg'iziston, O'zbekistonning turli yosh toifalaridagi terma jamoalaridan futbolchilar qaytishdi. Raqibning o'yinlarini ko'rdik, ular ko'proq to'pni nazorat qilishganida mag'lubiyatga uchrashgan. Rejalashtirganlarimiz o'xshamadi. Zaxiralarni amalga oshirdik. Yakunda durang bo'ldi. 

- Yozda tarkibda o'zgarishlar bo'ladimi?

- Bu borada ish olib borilyapti. Tarkibni qarasak, bugun 4 ta yosh futbolchi maydonga tushdi. Jamoani tajribali futbolchilar bilan to'ldirish borasidagi istaklarimizni rahbariyat inobatga olsa, ikkinchi davrada o'zgarish ro'y berishi mumkin.

- Temurxo'ja Abduxoliqovga qiziqish bildirgan ekansiz. U bilan bu borada gaplashdingizmi?

- Bu shunchaki mish-mish. Temurxo'ja bilan gaplashmadim. Hattoki, telefon orqali ham muloqot bo'lmadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика