Vidal: "Agar "Barselona" murabbiyi menga ketishimni aytsa, bu ishni qilaman"
12 okt 2019 21:30
Yangiliklar


Vidal: "Agar "Barselona" murabbiyi menga ketishimni aytsa, bu ishni qilaman"
"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal klubda baxtli ekanligi, rahbariyat yoki murabbiy undan jamoani tark etishini so'rasa, ketishga tayyor ekani haqida aytib o'tdi.
"Barselonaga jamoaning muhim qismi bo'lish uchun kelganman. Bu erga har transfer oynasida klubni o'zgartirish harakat qilish maqsadida kelmadim. Jamoa rahbariyati yoki murabbiy menga klubdan ketishimni aytsa, bajonidil shu ishni qilaman. Bunga qarshi emasman. Lekin, hali ham o'zimni ko'rsatishimga va ko'proq muvaffaqiyatga erishishimga ishonaman. Men hali CHempionlar ligasini yutishim kerak", — deydi Vidal.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar