Veynaldum: “Yana g'alaba qozonish yoqimli”
16 noy 2020 08:40
Yangiliklar
Veynaldum: “Yana g'alaba qozonish yoqimli”
Niderlandiya terma jamoasi safida Bosniya va Gercegovina termasiga qarshi o'yinda (3:1) dublga erishgan Jorjinio Veynaldum bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“So'nggi bor g'alaba qozonganimizdan so'ng oradan 5 ta o'yin o'tgandi. SHu bois yana g'alaba qozonish yoqimli bo'ldi. Bizda Ispaniyani mag'lub etish imkoniyati bor edi. Biroq buni uddalay olmadik. Bu esa bizni biroz xafa qilgandi. Agar raqib jarima maydoniga yaqinroq hududda o'ynasam, tez-tez uning ichiga ham kirib turishim mumkin bo'ladi. Bu bahsda esa 10-raqam vazifasini bajardim. O'zimdan kutilgan narsalarni qildim. SHunchaki o'z ishimni bajardim”, — deydi Veynaldum.
Fikrlar