Veynaldum uch haftaga safdan chiqdi
17 jan 2022 00:47
Yangiliklar
Veynaldum uch haftaga safdan chiqdi
Niderlandiyalik yarim himoyachi Jorjino Veynaldum jarohati sabab bo'lajak o'yinlarda PSJga yordam bera olmaydi.
31 yoshli futbolchi Liga 1'ning 21-turidan o'rin olgan "Brest"ga qarshi o'yinda (2:0) jarohat oldi.
Yarim himoyachi uch haftani o'tkazib yuborishi kutilmoqda. 15 fevral kuni parijliklar CHempionlar ligasi 1/8 finalining ilk o'yinini o'z maydonida "Real"ga qarshi o'tkazishadi.
Eslatib o'tamiz, Veynaldum Franciya chempionatining 18 uchrashuvida 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar