Veynaldum faoliyatidagi eng qiyin raqibi kim bo'lganini aytdi
28 mar 2020 12:37
Yangiliklar
Veynaldum faoliyatidagi eng qiyin raqibi kim bo'lganini aytdi
"Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum faoliyati davomida qaysi o'yinchiga qarshi o'ynashga qiynalganini aytdi.
"Andres Guardado. 2014 yilgi JCHda Meksika bilan o'yinda juda issiq edi va o'sha kunda u mening raqibim edi.
Juda issiq kun edi, ammo u shunchaki yugurishda davom etardi. Men uchun bu juda qiyin edi, bundan tashqari u haqiqatdan ham yaxshi futbolchi.
U to'p bilan ajoyib tarzda muomala qiladi. Uni to'xtatish men uchun katta muammoga aylangandi. Kuchli issiq tufayli odatdagidan ko'ra qiyinroq bo'ldi, ammo yakunda biz g'alaba qozondik", - deb eslaydi Veynaldum.
Fikrlar