"Vest Xem" "Yuventus" futbolchisini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga tayyor

Alisher
28 sen 2020, 17:21
"Vest Xem" "Yuventus" bilan himoyachi Daniele Rugani bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Londonliklar Turin klubiga 26 yoshli italiyalik futbolchini xarid qilish huquqi bilan ijaraga olish bo'yicha taklif berdi.

"Yuventus" esa Ruganining sotuvidan 18 million evro ishlab olishni xohlamoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Himoyachining "keksa sinora" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira