Verner "Leypcig"ga qaytish uchun maoshining ikki baravar qisqarishiga tayyor
30 iyu 2022 12:10
Yangiliklar
Verner "Leypcig"ga qaytish uchun maoshining ikki baravar qisqarishiga tayyor
"CHelsi" hujumchisi Timo Verner "Leypcig"ga qaytish uchun maoshining tushishiga tayyor.
26 yoshli o'yinchi yana "buqalar" libosini kiyish uchun maoshining 50 foizga qisqarishiga rozi bo'ldi. Klublar ayni damda Vernerning xarid qilish huquqi bilan ijarasini muhokama qilishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Verner "CHelsi"ga "Leypcig"dan 2020 yilning yozida o'tgan edi.
Forvard o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 6ta assist qayd etdi. Vernerning "ko'klar" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar