So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  5 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  11 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

Vadim Abramov: "Bunday ko'p to'xtalishlar muxlislarga yoqadi deb o'ylamayman" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bunday ko'p to'xtalishlar muxlislarga yoqadi deb o'ylamayman"

Teglar :  Vadim AbramovDinamo
Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Dinamo" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov fikrlarini bildirib o'tdi.


"O'yin haqida to'xtaladigan bo'lsam, yuqori bosim ostida kechdi deya olaman. Ayniqsa o'yinda bunday to'xtalishlar bo'laversa ritmni buzadi. Bu muxlislarga yoqadi deb o'ylamayman. Faqatgina hokkeyda bunday ko'p to'xtalish bo'ladi, beshtalik almashadi. Bu futbolning foydasiga xizmat qilmaydi. "Andijon" yaxshi jamoa. Birinchi bo'limda tenglik kuzatildi. Ikkinchi bo'limda ustunlikni qo'lga oldik. Vaziyatlarimizdan foydalandik. "Andijon" standart vaziyatlarda yaxshi o'ynashini bilardik, shunday bo'ldi ham. O'yin yakunida omad bizga kulib boqdi",- deydi Vadim Abramov. 

Ulug'bek Abdullaev yiqitilgan vaziyatda VAR ham, hech kim reakciya qilmadi. Uning boshi yorildi. Penalti belgilangan vaziyatda hakam yonida turgan edi. Biz bunga ham ko'p vaqt yo'qotdik. 

- O'tgan yili "Dinamo" to'purari bo'lgan Anvar Hojimirzaevga sermahsullik etishmayapti...

- U bugun o'zining yaxshi o'yinini ko'rsatmadi. O'ylaymanki, Anvar keyingi o'yinlarga o'zini tayyorlay oladi. Bizning etakchimiz. 

- 10 yil ichida birinchi marotaba "Andijon"ni mag'lub etdik. Jamoaning g'alabaga ishonchi qanchalik edi?

- Shubhasiz biz istalgan boshqa shaharga borsak ham g'alaba uchun harakat qilamiz. Muxlislar uzoqdan keldi, bizga ishonishdi. 10 yilda "Andijon"ni yutganimiz yoqimli. 

- "Andijon"ning standartlariga tayyormidingiz? 

- Shu bois qanotda ko'p asabiylashdim. Kubokda yana uchrashamiz va bu jihatlarga etibor qaratamiz.



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика