So’nggi yangiliklar

14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  2 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   3 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7

U-17 Osiyo kubogi. O'zbekiston 9 kishi qolib chempion bo'ldi Yangiliklar

U-17 Osiyo kubogi. O'zbekiston 9 kishi qolib chempion bo'ldi

Bugun U-17 Osiyo kubogining final bellashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Islom Ismoilov boshchiligidagi O'zbekistonga Saudiya Arabistoni o'smirlari raqib bo'lishdi. Unda o'smirlarimiz 2 kishi kam bo'lib qqolganiga qaramay 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

U-17 Osiyo kubogi, final

20.04.2025, 20:00

"Qirol Fahd", Toif

O'zbekiston U-17 - Saudiya Arabistoni U-17 2:0

Gollar: M.Hakimov 51 (pen.), S.Hasanov (N.Rustamjonov) 70

Bosh hakam: Muhammad Ahmad Al-Shammari (Qatar)

Qanot hakamlari: Yusuf Aref Al-Shamari (Qatar), Nuannid Dornjangrid (Tailand)

Zaxira hakami: Kim YU-Jeong (Koreya R.)

VAR hakami: Daniel Jon Elder (Avstraliya)

O'zbekiston: 21.Nematulloh Rustamjonov, 3.Muhammad Hakimov 4.Mo'minxon Bahodirxonov (s), 6.Miraziz Abdukarimov, 7.Sadriddin Hasanov (17.Jamshidbek Rustamov, 79), 9.Nurbek Sarsenbaev, 10.Muhammad Habibullaev (5.Amirxon Murodov, 90+3), 11.Sayfiddin Sodiqov (20.Asilbek Aliev, 46), 15.Muhammadali Musaxonov, 18.Abubakir Shukurullaev (14.Behruz Saidmurodov, 46), 19.Azizbek Erimbetov (16.Azizbek Abdumo'minov, 75).

Zaxira: 1.Ibrohim Shokirov, 12.Bahodir Izboskanov, 2.Hojiakbar Botiraliev, 8.Akbar Muhammadov, 13.Abdulloh Fazliddinov, 22.Faridjon Abdullaev, 23.Dilyorbek Mahmudjonov.

Saudiya Arabistoni: 21.Abdulrahmon Al Otaibi, 2.Yazid Al Dosari (7.Alvalid Al Oufi, 64), 3.Nosir Al Fihani 6.Said Al Dossari, 9.Ablulhadi Matari (8.Tari Said, 46), 10.Abdulrahmon Sufyoni, 11.Sabri Dahal, 12.Adel Bin Hibah, 18.Abdulaziz Al Favaz, 20.Abu Bakr Said, 23.Mahir Tavashi (19.Muxtar Barnavi, 46).

Zaxira: 1.Muhammad Bo Hulaif, 22.Vafi Alaklubi, 4.Turki Naji, 5.Muayad Salim, 13.Osama Al Dag'mah, 14.Abdulaziz Asiri, 15.Muhammad Al Qarni, 16.Habib Al Antaif, 17.Salim Abdulloh.

Ogohlantirishlar: A.Shukurullaev 28, M.Hakimov 31 - M.Barnavi 60

Chetlatishlar: N.Sarsenbaev 40, M.Abdukarimov 45+2

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



Uchrashuv yakunlandiiiiiii! G'alaba, chempionmiz!!!! 9 kishi bo'lib ikkita gol urib yutishdi o'smirlarmiz. Rahmat, yigitlar! Islom Ismoilovga ham, futbolchilarga ham rahmat! Bizga taqdim etilgan fantastik emociyalar uchun rahmat!

90+9 - Rustamjonovdan yana seyv.

90+8 - Zarbaaa, Asilbek Aliev 2 raqibni aldab o'tkir burchakdan zarba yo'lladi, sal qoldiya... hisobni yiriklashtirishag o'ynashdi yigitlar, qoyil.

90+6 - Zarbaaa, Rustamjonovdan yana bir super seyv!

Asosiy vaqtga bosh hakam 8 daiqa qo'shdi.

89 - Zarbaaa, Jamshidbek Rustamov burchakdan to'g'ri darvozaga zarba yo'lladi, to'p to'singa tegib chiqib ketdi. Shuyam gol bo'lganda kulib tashlagan bo'lishardi yigitlar)

79 - Ikkinchi golimizni urgan Sadriddin Hasanov o'rniga Jamshidbek Rustamov tushirildi.

78 - Rustamjonovdan navbatdagi bor to'pni ushlab oldi.

75 - O'zgarish: Erimbetov o'rniga Azizbek Abdumo'minov tushirildi, u tabassum bilan tushib keldi maydonga.

70 - GOOOOOOLLLLLLL!!!!! Kerak senlarga gollar, mana o'sha gollar, ikki kishi kam bo'lib ham urib tashlayveramiz. Bu yigitlarimiz o'z yoshida qitada hammadan bir kalla kuchli. Sal oldin dahshatli seyv qilgan darvozabonimiz Rustamjonovdan assist va Sadriddin Hasanovdan golni asali. Ham himoyachi, ham darvozabonni oyoqlari orasidan o'tkazdi to'pni.

69 - Zarbaaa, darvozabonimiz Rustamjonovdan dahshatli seyv. Otangga rahmat!

68 - Zarbaaa, Asilbeek Aliev maydon markazidan to'pni darvozaga tepdi, noaniq.

64 - Saudiya ustozi himoyachi o'rniga hujumchini maydonga tushirdi.



60 - Sariq, mezbonlardan Barnavi ogohlantirildi.

54 - Zarbaaa, avvaliga posbonimiz Rustamjonov, keyin esa sardorimiz Mo'minxonov darvozaga ketayotgan to'pni qaytarishdi.

51 - GOOOOOLLLLL, 2 kishi kam bo'lib ham gol urib qo'yaveramiz bularga. Olg'a, O'zbekiston! rahmat, yigitlar. Muhammad Hakimov penaltini juda sovuqqonlik bilan ijro etdi.

49 - Penalti tepamiz, bosh hakam qiynalib, oqarib ketib 11 metrlikni ko'rsatdi.

48 - Penalti tepishimiz mumkin, bosh hakam VARni borib ko'rmoqda. 11 metrlik bor... O'zbekiston MTJ KXDR bilan o'ynagandagi epizod yodingizdami? O'shanda Umarga qizil va darvozamizga peknalti belgilangandi.

46 - Ikkinchi bo'lim boshlandi. Tarkibimizda Shukurullaev va Sodiqov o'rniga Aliev va Saidmurodov tushirildi.

Tanaffus!

45+2 - Yana qizil... Endi Miraziz Abdukarimov maydondan chetlatilmoqda. Birga bir ketayotgan Sabri Dahalni to'xtatib qolgani uchun futbolchimizga qizil ko'rsatildi. Amallashyapti...

43 - Endi Musaxonov raqibni turtdi, yigitlar provakaciyaga uchish kerak emas...

42 - Qoyil, bosh hakam ham, VAR hakami ham qizil bor deb topdi. Sarsenbaev oyog'ining yumshoq qismi bilan biroz tekkandi, ular shunchaki shunga o'xshash epizodni kutib turishgandi.

40 - Qizil, bosh hakam kutib turgandek birgina va kichik epizod uchun Nurbek Sarsenbaevni maydondan chetlatmoqda. VARni tanglapti endi...

31 - Sariq, Himoyachimiz Muhammad Hakimov ogohlantirildi.

29 - Sabri Dahal birga bir chiqib ketayotgandi, posbonimiz Nematulloh Rustamjonov vaqtida yugurib chiqdi.

26 - Zarbaaa, Shukurullaev jarima maydonida ichida qisqa masofada 3 raqibni aldab zarba berdi, posbon joyida.

17 - Abubakir Shukurullaevning zarbasi noaniq chiqdi.

14 - Sarsenbaevning jarima maydoniga erlatib uzatgan to'pi darvozabondan o'tib ketdi, buni esa Sadriddin Hasanov kutmagandi.

13 - Matari Bahodirxonovdan qochib ketish uchun hamma kuchini sarflab yubordi va zarba berishga kuchi qolmadi)

7 - Sadriddin Hasanov raqib jarima maydonida yiqildi, ammo hakam VARni tinglaganidan keyin penalti yo'qligini ko'rsatdi.

6 - Zarba, Abdulrahmon Sufyonining jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq.

2 - O'smirlarimiz ilk shturmni uyushtirishga urinishdi. Tezda oldinga borishga intilyapmiz, odatdagidek.

1 - Uchrashuvga start berildi. Fayzimizni bersin!

Assalom alaykum qadrli o'zbek futboli ihlosmandlari! Bugun O'zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo chempionligi uchun Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi. Musobaqa mezbonlarini guruh bosqichida 3:0 hisobida engganimiz hammani yodida bo'lsa kerak. O'shanda bugun zaxirada o'tirgan futbolchilarimiz Jamshidbek Rustamov 2ta va Asilbek Aliev bitta to'p kiritishgan edi.




Reyting: +115   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика