APL. "Arsenal" va "Chelsi" g'alabaga erishdi, "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Vulverxempton"ga mag'lub bo'ldi
20 apr 2025 19:58
Yangiliklar
APL. "Arsenal" va "Chelsi" g'alabaga erishdi, "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Vulverxempton"ga mag'lub bo'ldi
APL 33-tur doirasidagi bir nechta o'yinlar bo'lib o'tdi.
Aleks Ivobi 20-daqiqada hisobni ochdi. Ammo, o'yin so'nggida, aniqrog'i 83-daqiqada Tayrik Jorj va 90+3 daqiqada Pedro Netu gol urib, "Chelsi"ga g'alaba taqdim etdi.
"Arsenal" esa mehmonda yirik g'alabaga erishdi. Leandro Trossard dubl qayd etdi, Gabriel Martinelli va Itan Nvaneri o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Shuningdek, "Ipsvich" birinchi bo'limda bir kishi kam bo'lib qolganini qayd etish lozim (Lif Deyvis 32-daqiqada maydondan chetlatildi).
"Manchester Yunayted" "Old Trafford"da "Vulverxempton"ga taslim o'tdi. G'alaba golini 77-daqiqada mehmonlarning ispaniyalik yarim himoyachisi Pablo Sarabiya urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar