"Arsenal" braziliyalik yarim himoyachiga qiziqib qoldi
20 apr 22:51
Yangiliklar


"Arsenal" braziliyalik yarim himoyachiga qiziqib qoldi
"Arsenal" "Nyukasl"ning braziliyalik xavbeki Bruno Gimaraesh bilan yozgi transfer oynasida o'z tarkibini kuchaytirmoqchi.
"Kanonirlar" shu mavsum oxirida shartnomasi yakunlanadigan Tomas Parti va Jorjino bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Londonliklar "jahon darajasidagi" yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirayotgani aytilmoqda. "Arsenal" bosslarining fikricha, bu Deklan Raysning rivojlanishiga yordam beradi. Nomzodlar orasida shuningdek "Real Sosedad"dan Martin Subimendi bor.
Bruno Gimaraesh 2022 yilda "Nyukasl"ga o'tgandi. Transfermarkt malumotiga ko'ra, "qarg'alar" transfer uchun 42 mln evrodan ko'proq pul to'lagan. Braziliyalik futbolchi joriy mavsum ingliz jamoasi safida 41 ta o'yin o'tkazib, ularda 4 ta gol va 8 ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar