Venger: "Kasorlaning jarohati – men ko'rganlarim orasida eng qo'rqinchlisi"

Tolibjon Qosimov
16 noya 2017, 21:57
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Football Espana" nashriga intervyu berdi.

Unda francuz mutaxassisi yarim himoyachi Santi Kasorlaning og'ir jarohatiga ham to'xtalib o'tdi. Oldinroq, Kasorla sal bo'lmasa oyog'ini kesib tashlashlari mumkin bo'lganini xabar qilgan edi.

"Kasorlaning jarohati – men ko'rganlarim orasida eng og'iri. Bu qo'rqinchlidan ham qo'rqinchliroq. Kasorla futbol o'ynashni qanchalik yoqtirishini bilaman, u mashg'ulot o'tkazishga harakat qilmoqda. Umid qilaman, u yanvarda qaytadi. Odamlar Santi boshqa o'ynamaydi deyishganda adashishgan edi", - dedi Venger.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Espana