Vaziyat jiddiy. "Selta" texnik mag'lubiyat xavfi bilan ham La Ligani oxirigacha o'ynamoqchi emas, nega?
30 apr 2020 18:23
Yangiliklar


Vaziyat jiddiy. "Selta" texnik mag'lubiyat xavfi bilan ham La Ligani oxirigacha o'ynamoqchi emas, nega?
Bu haqda metaratings.ru sayti "Selta" prezidenti Karlos Mourinoga yaqin manbaga tayanib xabar bermoqda.
"La Liga test o'tkazilishi kerak bo'lgan barchaning ro'yxatini shakllantirgan. Ular buning uchun uch mingta test sotib olishganini ham malum qilishdi. Mourinoning bu boradagi qarashlari esa teskari. Vigoda hozir holat yomon. Bizda va butun mamlakatdagi shifoxonalarga testlar etishmayapti, kasallanganlar 200 mingdan oshib ketgan, odamlar ko'chalarda o'lishmoqda. Tebas esa oddiy odamlarga yordam berish o'rniga, klublarga tahdidlar qilish bilan shug'ullanmoqda. Hozircha "Selta" yuqori darajadagi bayonot bermoqchi emas, ammo vaziyat kuchayib borsa, klub keng miqyosda norozilik bildiradi. "Selta" hatto texnik mag'lubiyatlar xavfi bo'lsa ham, mavsuni oxirigacha o'tkazmaydi. Hozir hamma ham futbol haqida o'ylamayapti", - deydi manba.
Manba: metaratings.ru
O’xshash yangiliklar

Fikrlar