Vaydenfeller: "Xoland - "Borussiya"ning kelajagi"
03 fev 2020 16:46
Yangiliklar


Vaydenfeller: "Xoland - "Borussiya"ning kelajagi"
"Borussiya" (Dortmund) sobiq darvozaboni Roman Vaydenfeller jamoaning yangi azosi Erling Xoland haqida gapirdi.
Norvegiyalik futbolchi yangi jamoasi tarkibidagi 3ta o'yinda 7ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
"Erling ajoyib ishni amalga oshirdi. U hatto dastlabki ikki o'yinni to'liq o'tkazmadi ham, ammo shuncha gol urdi! Bu ajoyib! U juda yosh o'yinchi.
Xoland juda kuchli, baland va maydonni ajoyib tarzda ko'ra oladi. Erling - "Borussiya"ning kelajagi", - deydi Vaydenfeller.
Eslatib o'tamiz, Erling Xoland "Borussiya"ga qishda "Zalcburg"dan o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar