So’nggi yangiliklar

21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  2 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  3 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  4 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  21 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  46 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  8

VAR "Qizilqum"ga 2 ochko sovg'a qildimi? Yangiliklar

VAR "Qizilqum"ga 2 ochko sovg'a qildimi?

Quyida faqat bir epizod haqida gaplashamiz.

Bu vaziyat "Bunyodkor" 1:2 "Qizilqum" (15-tur) uchrashuvining so'nggi daqiqalarida sodir bo'ldi.


Aniqroq aytsak, "qaldirg'ochlar" SHerali Jo'raevning "Qizilqum" jarima maydoni ichida to'pni qo'li bilan qaytarganini davo qilishdi. SHu o'rinda VAR ishga tushib, ehtimoliy penalti uchun asos qidirib ko'rdi. Biroq shubha tasdig'ini topmaganidan keyin Temur To'xtasinuv uchrashuvni tugatib yubordi.

Ushbu qaror tufayli VARda ishlagan Aziz Asimovga nistabatan etirozlar ko'payib ketdi. "Bunyodkor" tomoni referidan noroziligini "yumshoqlik" bilan ko'rsatar ekan, Yuriy Sarkisyan hakamlar xonasigacha kirib bordi.

Mazkur vaziyat takrorini ko'rgach, men ham hakamlar "Qizilqum"ga 2 ochko sovg'a qildi deb o'yladim (qasddan emas). SHu tufayli hamma ketib, hakamlar chiqishini kutdim. 

Aziz Asimov bilan 2 daqiqa suhbatlashdik. Men translyaciyada ketgan kadrda penalti ko'rganimni aytdim. 41 yoshli referi esa sokinlik bilan tushuntirdi: "11 metrli nuqtani ko'rsatish uchun 50% asos bo'lsa ham, bosh hakamni monitor yoniga chaqirardim. Lekin qoidaga zid harakat ko'rinmadi". 

SHundan keyin toshkentlik arbitr uyiga ketdi. Men stadionda qoldim. "Bunyodkor" masullari o'sha vaziyatdagi qaror bo'yicha protest kiritar ekan, tashqarida epizodni yana tomosha qildim: to'p qo'lga tegib, yo'nalishini o'zgartiryapti. Rosti, Asimov nega bunchalik ishonch bilan gapirganini tushunmadim...

Bugun boshqa rakursdan olingan tiniqroq lavhalarni tomosha qilib, fikrim 180 gradusga o'zgardi. SHerali Jo'raaev qo'li bilan o'ynamagan, aksincha to'p uning kuragi tomonga o'tib, SHuhrat Muhammadievning elkasiga teggani holda pastlagan. Marhamat, tomosha qiling (videolavha O'zFHMdan olindi).


Yodingizda bo'lsa, Asimov o'tgan yil ham shunday holatga tushib qolgan. Andijonda uning qaroridan norozi bo'lgan Ro'ziqul Berdiev shogirdlarini maydondan olib chiqmoqchi bo'lgandi. Har 2 holatning yakunida hakam haq bo'lib chiqdi.

Xullas, bu ko'pchilikka dars bo'lishi kerak. Hamma narsa sizga ko'ringanidek bo'lmasligi mumkin. Eng muhimi, vaziyatni to'liq o'rganmay, xukm chiqarmang.

Obuna bo'ling → FA| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика