Nazorat o'yini. "Qizilqum" Gruziya jamoasini mag'lub qildi
20 fev 2025 20:59
Yangiliklar
Nazorat o'yini. "Qizilqum" Gruziya jamoasini mag'lub qildi
"Qizilqum" yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida Gruziyaning "Telavi" jamoasini mag'lub qildi.
Uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'lim boshida Davron Anvarov raqiblari darvozasini ishg'ol qildi. Oradan ko'p o'tmay gruzinlar hisobni tenglashtirdi. Dilshod Komilov yakunda "Qizilqum"ga g'alaba keltiruvchi golni urdi.
"Qizilqum" - "Telavi" (Gruziya) 2:1
Gollar: Davron Anvarov (47), Dilshod Komilov (67).
"Qizilqum" asosiy tarkibi: Farhod Rahmatov, Ilhomjon Vahobov, Murodali Usmonov, Davron Anvarov, Sulton Rahmatov, Shahzod Turopov, Dushan Miyich, Ilhomjon Kenjaev, Fayzullo Jumanqo'ziev, Samandar Shukrullaev, Roman Papariga.
Zaxiradan tushganlar: Diyor Rahmatilloev, Humoyun Abduolimov, Alen Mashovich.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar