So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  0 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  11 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  36 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Nikola Lazarevich KXDRga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi Yangiliklar

Nikola Lazarevich KXDRga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi

"Qizilqum" bosh murabbiyi Nikola Lazarevich kecha KXDR terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Biz Antaliyadagi yig'in doirasida eng yaxshi jamoaga qarshi o'ynadik. Raqib shakllangan va murakkab taktikaga ega ekanligi ko'rinib turibdi. Biz ham bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik olib borgan edik. Yana bir jihatni inobatga olish kerak, Shimoliy Koreyaliklar bu erda anchadan beri o'quv yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.

- Raqibga qarshi qanday taktik ishlanmalarni maqsad qilgan edingiz?

- Bugun raqiblarga qarshi taktik ishlanmalarni ko'rib chiqqan edik, ular bizga qarshi yanada hujumkorlik bilan to'p tepdi. Futbolchilar esa jismonan juda baquvvatligi aniq edi. Rejaga ko'ra, biz futbolchilarimizning jismonan qancha vaqtga chidamliligini ko'rib olishni maqsad qilgan edik. To'g'ri bizda ko'plab golga tortadigan vaziyatlar bo'ldi lekin raqib jamoa o'yin davomida to'pga egalik qildi va bizning birgina xatoyimiz evaziga darvozamizni ishg'ol etdi. Nazorat uchrashuvlari orqali yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayapmiz, bugungi o'yin orqali ayrim kamchiliklarimizni ko'rib, bilib oldik. Ularni bartaraf etishda davom etamiz. Yana qaytaraman bugun yig'in davomidagi eng jiddiy raqib bilan kuch sinashdik va bu bahsdan o'zimiz uchun muhim xulosalarni chiqarib oldik.


Eslatib o'tamiz, Navoiy jamoasi KXDR terma jamoasi (0:1)ga minimal hisobda mag'lub bo'ldi. O'yindagi yagona golni Song Xye Kim 60-daqiqada kiritdi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика