Valverde: Men har doim rahbariyatning qo'llab-qo'vvatlashini his qilganman

12 may 2019, 07:26
“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde YCHLni tarki etgach jamoadagi holat va rahbariyatning o'ziga bo'lgan munosabati haqida gapirib o'tdi.

“Men mutlaqo bu haqda (iste'fo) o'ylayotganim yo'q. O'z ishimni davom ettirishga kuchim etadi. Men bilan hammasi joyida. Qolganlar kabi yanada oldinga intilishda davom etib, muammolarga yuzma-yuz boqib ularni bartaraf etish niyatidaman, tosh ostida yashirinish niyatim yo'q. Men klub prezidenti bilan gaplashib oldim va doim klub rahbariyatining qo'llab-quvvatlashini his qilib kelganman. 

Bilaman, bu kabi mag'lubiyatlardan keyin ko'pchilik  alamzada bo'lib qoladi. Ammo biz o'zimizga kelishimiz va xatolarni to'g'irlashimiz lozim”, deya Valverdening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda AFP.

O'xshash yangiliklar


Manba: AFP