Valeriy Karpin: "Rostov" o'zining xatolari evaziga mag'lubiyatga uchradi"
18 avg 2019 21:43
Yangiliklar


Valeriy Karpin: "Rostov" o'zining xatolari evaziga mag'lubiyatga uchradi"
"Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin RPL 6-turida "Ufa" mehmoni bo'lib, mag'lubiyat qayd etganidan (0:2) so'ng o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
— O'tgan mavsum ham bu erda imkoniyat boy berilgandi. Bundan kelib chiqadiki, "Ufa" noqulay raqib?
— Mag'lubiyatni har qanday narsa bilan izohlashingiz mumkin. Lekin, bugun biz xatolarimiz tufayli yutqazdik. Raqibga gollarni o'zimiz sovg'a qildik.
— Sizningcha, "Rostov" raqibga noto'g'ri baho berib maydonga tushdimi?
— Nimaga bunday deyapsiz? Bu futbol, biz oldinga harakat qilishimiz va xatolarimiz ustida ishlashimiz lozim.
— Suniy qoplamali maydon natijaga tasir ko'rsatdimi?
— Buni sabab qilish noto'g'ri, garchi birinchi golda bu narsa muhim rol o'ynagan bo'lsa ham. Ikkala jamoa ham bir xil holatda to'p tepishdi. SHuning uchun, bu mantiqqa to'g'ri kelmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar