So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

Valeriy Karpin: "O'zbekiston Sloveniya yoki Slovakiyadan kuchsiz emas!" Yangiliklar

Valeriy Karpin: "O'zbekiston Sloveniya yoki Slovakiyadan kuchsiz emas!"

O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Valeriy Karpin va Ruslan Litvinov ishtirok etdi.


"Barchaga xayrli kun. Ertangi bahsdan nimalar kutyapman? Tojikiston bilan o'yinda maydonga tushmagan futbolchilarni sinab ko'rish, bizning ko'rsatmalarimizni qanchalik bajarishlarini ko'rish", - dedi Valeriy Karpin. 

- Sergey Karasev O'zbekiston - Qozog'iston uchrashuvini boshqarib bordi. Uni xorijlik hakamlar qo'llab-quvvatlayotganini aytdi. Sizga ham xorijdan shunday qo'llab-quvvatlashlar kelyaptimi? 

- SHomurodov (kuladi). Ispaniyadagi sobiq jamoadoshlarim va menga qarshi o'ynagan futbolchilar shaxsiy suhbatlarda qo'llab-quvvatlashmoqda. Sport siyosatdan holi bo'lishi kerak deyishmoqda.

- 1991 yilda siz "Paxtakor" stadionida "Spartak" safida "Paxtakor"ga qarshi o'ynagansiz. O'shanda yagona golni Andrey Pyatnickiy urgandi. O'sha bahsni eslay olasizmi? 

- To'liq o'yinni eslay olmayman. Pyatnickiy bilan birga keyin "Spartak"da o'ynadik. O'shanda yutqazgandik, demak xotiralar yaxshi emas (kuladi). Bu stadionni eslayman, stadion ham, Toshkent ham ancha o'zgargan. 

- SHomurodov "Roma"da maydonga tushmayapti. Unga Italiyadan takliflar bor. Sobiq murabbiy sifatida unga qaysi klubga o'tishni maslahat berasiz? 

- Kecha Eldor bilan bu borada gaplashdik. Ammo qaysidir klubga o'tishi borasida maslahat bera olmayman. Hozir u 27 yoshda, demak ayni o'ynaydigan yoshda. Kuchliroq klubda o'ynashini xohlardim, Top-5 chempionat bo'lmasa ham asosiysi ko'proq maydonga tushadigan klubga o'tishi kerak. 

- Ertaga O'zbekiston terma jamoasining taktik sxemasi siz uchun jumboq bo'ladimi? Sababi Katanec turlicha sxemalarda o'ynamoqda. 

- O'ylashimcha ertaga O'zbekiston Qozog'iston bilan o'yindagi sxemada maydonga tushsa kerak. 

- Agar o'yin Toshkentda emas Moskvada bo'lganida Golovin va Miranchukni chaqirarmidingiz? 

- Yo'q, chaqirmasdim. Sababi hozir Jahon chempionati tufayli chempionatlarda tanaffus vujudga keldi. SHu bois ularni bezovta qilmaslikka qaror qildik. Bu yig'inda yangi futbolchilarni tekshirib ko'ryapmiz. 

- O'zbekistonlik mahalliy muxlislar va jurnalistlar Rossiya terma jamoasining bugungi tarkibi qanchalik asosiy deb o'ylashmoqda? 

- Foizlarni ayta olmayman, ammo Tojikiston bilan o'yindan ko'ra asosiyroq tarkib tushishini aytgandim. Hozir bizda darvozabonlardan tashqari 23 nafar o'yinchi bor. Ertaga kim tushishini ko'ramiz. 

- Anton Makarchukni ikkinchi bor terma jamoaga chaqiryapsiz. Uning ijobiy jihatlari qaysi? "Sochi"ga o'tishdan oldin FNLda o'ynardi. Premer-liga klubiga o'tishi bilan terma jamoa etiboriga tushdi. Demak FNLdagi boshqa futbolchilar ham terma jamoaga chaqirilishi uchun Premer-liga klubiga o'tishi kerakmi? Hozir bo'sh vaqtingiz ko'paydi, balki FNL o'yinlarini ham kuzatarsiz. 

- Bo'sh vaqtim nega ko'paydi deb o'ylayapsiz? "Rostov"dagi ham ishlarim borku. Ko'p futbolchilar FNLda o'ynashgan va keyin terma jamoaga chaqirilgan. Sichevoy hatto FNLda emas Qrim ligasida o'ynagan. Krivcov ham ikkinchi ligada o'ynagan, hozir "Krasnodar"da o'ynamoqda va terma jamoaga chaqirilgan. Deyarli hamma futbolchining faoliyati shunday bo'ladi. 

Makarchukning yaxshi sifatlari juda ko'p. U asosan qanotda lateral sifatida o'ynamoqda. To'rt himoyachi sifatida o'ynaganimizda u qanotda juda foydali. 

- Qachondir Rossiya terma jamoasidan taqiq olib tashlaganidan keyin oldingi holatiga qayta oladi deb o'ylaysizmi? 

- O'zbekiston Sloveniya yoki Slovakiyadan kuchsiz deb o'ylaysizmi? Men bunday emasligiga ishonchim komil. Hozir O'rta Osiyoda o'ynayapmiz. Sizda boshqa variantlar bormi? 

- Janubiy Amerika masalan...

- 2 kun uchib borishimiz kerak va o'yin o'tkazib yana 2 kun ortga qaytishimiz kerak, keyin chempionatda maydonga tushishimiz kerakmi? Norealku.

- Tojikiston bilan o'yindan keyin OAV sizni va terma jamoani shunchaki erga ko'mib qo'yishdi. Ertangi bahsda ijobiy natija qo'lga kiritish va tanaffusga juda yomon kayfiyatda chiqib ketmaslikka intilish bormi? 

- Birinchidan kayfiyatim yaxshi, futbolchilarda ham. Barcha ko'mib qo'ydi deyapsiz. Ularga Oleg Romancev va Valeriy Gazzaevning gaplarini o'qishni tavsiya qilaman. Bizni chetlatishganida barcha ekspertlaringiz mana hozir bizda vaqt bor, yoshlarni sinab ko'rish kerak deyishgandi. Endi esa ularga natija kerak bo'lib qoldi. 

- "Paxtakor" stadioni maydoni sifatiga qanday baho berasiz? 

- Tojikistondan keyin TOP! Hatto Srechko Katanec matbuot anjumanida ham aytidiku, suniy maydonda o'ynash bu boshqa sport turi deb. Futbolni tushunadigan odamlar buni gapirganidan xursandman. Men atayin o'sha o'yindan keyin maydon haqida gapirmadim. Bahona qilmadim. SHukurki faqat birgina Pesyakov jarohat oldi. 

- Osiyo va Evropa terma jamoalarining asosiy farqi nimada? Infrasturkurani hisobga olmaganda. 

- Deyarli hech qanday farq yo'q. Maydonga 11 futbolchi tushadi, Kipr, Tojikiston, Sloveniya yoki O'zbekiston terma jamoalari bo'lsa ham farqi yo'q. O'zbekiston terma jamoasida Turkiyada ham o'ynayotgan futbolchi bor. Turkiya ham Evropami, demak hech qanday farq yo'q. 

"O'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Raqibni o'rganib chiqdik va tahlil qildik. Ertaga barchasini ko'rsatamiz", - dedi Ruslan Litvinov. 

- Tojikiston bilan o'yindan keyin ekspertlar Rossiya terma jamoasining o'yini haqida salbiy fikrlar bildirishdi. Jamoada kayfiyat qanday va yangiliklarni o'qib boryapsizlarmi? 

Ruslan Litvinov: - Yangiliklarni o'qimaslikka harakat qilyapmiz. O'z ishimizni bajarishga urinamiz, albatta bazida ko'rsatmalarni to'liq bajara olmasligimiz mumkin. 

- Hozirgi qiyin davrda futbolchilarning kayfiyati qanday? CHunki Rossiya asosan qo'shnilar bilan o'ynamoqda. Tarkibdagi yoshlarning kayfiyati qanday?

Ruslan Litvinov: - Umuman olganda kayfiyat yaxshi. Eng asosiysi xalqaro o'yinlarda maydonga tushyapmiz. Barchamiz shunga urinyapmiz. Albatta Evropa jamoalariga qarshi o'ynamayapmiz, ammo bu erda ham terma jamoa kuchli, o'zbekistonlik futbolchilar Evropa top chempionatida o'ynashadi.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика