"Valensiya"ning 10 futbolchisi va 15 nafar xodimi koronavirusga chalindi
28 mar 2020 16:41
Yangiliklar
"Valensiya"ning 10 futbolchisi va 15 nafar xodimi koronavirusga chalindi
"Valensiya" klubidagi futbolchilar va ishchilar orasida keng miqyosdagi koronavirus infekciyasiga chalinish holatlari aniqlandi.
Kasallikka chalinganlarning 10 nafari bosh jamoa futbolchilari bo'lsa, 15 nafari esa klub xodimlari bo'lgan.
"Valensiya" shaxsiy hayotga dahl qilmaslik uchun COVID-19'ni yuqtirgan o'yinchilarning ismlarini oshkor qilmaslikka qaror qildi.
Klubda oldinroq 5 kishi koronavirusga chalingan edi, jumladan o'yinchilar - Esekiel Garay, Eliakim Mangalya va Xose Gayya. Keyinchalik malum bo'lishiga, 35% koronavirusga chalinganlarda kasallik uchun belgilar kuzatilmagan.
Fikrlar