Valbuena Benzema bilan bog'liq mojaro haqida gapirgan muxlisga tashlandi
28 apr 2016 11:13
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/206342_original.jpg)
![](/upload/storage/206342_220.jpg)
Valbuena Benzema bilan bog'liq mojaro haqida gapirgan muxlisga tashlandi
"Lion" yarim himoyachisi Matyo Valbuena yana katta janjal markazida.
"Tuluza"ga qarshi uchrashuv oldidan futbolchi Tuluza aeroportida bir muxlisga duch keldi. Ushbu 38 yoshli Yusuf o'g'liga Matyoni ko'rsatib shunday dedi: "Aynan shu odam tufayli Benzema Evroda o'ynamaydi". Buni eshitgan Valbuena ishqibozning telefonini sindirib tashladi.
"Ortiqcha gap gapirgandirman yoki so'zlari keraksiz paytda aytilgandir, ammo Valbuena o'zini boshqara olmadi. U o'zini bunday tutmasligi kerak. U menga tashlanmoqchi bo'lgan itga o'xshardi, men esa unga nisbatan kuchsizroqman. Bundan shokka tushdim va hozirgacha uxlay olmayapman, shifokor menga antidepressantlar yozib berdi" - deydi Yusuf.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar