Vagiz Galiulin Rossiya klubini tark etdi
18 iyu 2024 15:24
Yangiliklar
Vagiz Galiulin Rossiya klubini tark etdi
Rossiyaning "Nefteximik" klubi 8 nafar futbolchi bilan xayrlashganini elon qildi.
Ro'yxatda o'zbekistonlik yarim himoyachi Vagiz Galiulin ham bor. Undan tashqari Denis Talalay, Konstantin Bazelyuk, Pavel Kotov, Aleksey Berdnikov va Roman Denisov ham "Nefteximik"ni tark etishdi.
Ijarada o'ynagan Daniil Lipovoy va David Kokoev ham o'z klublariga qaytib ketishdi.
"Nefteximik" klubi barcha futbolchilarga minnatdorchilik bildirgan.
Malumot uchun, Galiulin faoliyati davomida "Nefteximik" safida jami 155 ta o'yinda maydonga tushib 16 ta gol urgan va 24 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Fikrlar