So’nggi yangiliklar

15:05Ироқ ОТЖ бош мураббийи: "Чорак финалда осон рақиб бўлмайди, бироқ энг муҳими бор кучимизни ишга солиш"  3 14:59МЮ ва "Челси" собиқ футболчилари АПЛ Шон-шараф залига киритилди  0 14:30Ўзбекистон U-23 термасининг Вьетнамга қарши тахминий таркиби билан танишинг  7 14:15Саудия Арабистони ОТЖ бош мураббийи: "Икки йил аввалги мусобақада Вьетнамни ҳам, Ўзбекистонни ҳам мағлуб этганмиз. Эътиборингиз учун раҳмат"  15 13:59Рэтклифф Тухель билан музокаралар ўтказди  1 13:31"Бавария" форварди мавсум охирида жамоадан кетади  0 13:04Вьетнам футзал термаси бош мураббийи: "Ўзбекистон — турнир фаворити"  3 12:42Родриго "Реал"ни тарк этиш ниятида эмас  8 12:18Хосе Венансио Лопес: "Ярим финалга чиқиш учун Вьетнамга қарши учрашувда назоратни қўлга олишимиз талаб этилади"  11 12:01"Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  6 11:39"Арсенал" "Ювентус" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:15"Барселона" Араухони трансферга қўйди  8 10:42Фабио Каннаваро – «Удинезе» бош мураббийи  1 10:2116:0 - Ўзбекистон кубоги тарихидаги энг йирик ҳисобми?  20 10:13«Барселона» иккита мураббийдан бири билан шартнома тузмоқчи  14

⚡️ SHomurodovdan Denisovgacha - O'zbekiston chempioni bo'lmagan o'zbek futboli yulduzlari Yangiliklar

⚡️ SHomurodovdan Denisovgacha - O'zbekiston chempioni bo'lmagan o'zbek futboli yulduzlari

Marko Roys, Antuan Grizmann, Stiven Jerrard, Fernando Torres.

Bu yulduzlar qanchalik mashhur bo'lishmasin, faoliyati qanchalik yutuqlarga boy o'tgan deya baholanmasin afsuski uy muzeyida o'zi to'p tepgan, tepayotgan klublar bilan qo'lga kiritgan chempionlik oltin medallari yo'q. Nahotki? Xuddi ular singari o'zimizda ham bunday yirik nomlar etarlicha topiladi. Biz ko'proq hozirda to'p tepayotgan futbolimiz yulduzlaridan kelib chiqib top 10 ro'yxatni tuzishga harakat qilib ko'rdik. Ularning aksariyati legioner sifatida boshqa mamalakatlarda oltin medallarga ega chiqqaniga qaramay, ularga shu ishni o'zimizda amalga oshirish nasib qilmagan. 


Eldor SHomurodov - Top 5 chempionatlaridan birida yagona o'zbekistonlik futbolchi bo'lib turgan Eldor SHomurodov katta futbolga "Mashal"dagi o'yinlari orqali kirib kelgan. 2013 yil u muborakliklar bilan Pro ligada (avvalgi Birinchi liga) chempion bo'lgan, lekin Superligada emas. 2015 yil poytaxtga ko'chib o'tgan forvard orzularidan birini amalga oshirishi mumkin edi. Bunday bo'lib chiqmadi, u "Bunyodkor" bilan faqat 2016 yil kumush medallari bilan kifoyalandi. 2017 yil ikkinchi davrasida O'zbekistondagi sarguzashtlarini yakunlab Evropa tomon yo'lga otlandi. 

Mavsumlari: 2013, 2014, 2015, 2016, 2017

Statistikasi: 76ta, 18ta gol 

Sanjar Tursunov - OKMKning bugungi kundagi sardori va haqiqiy etakchisi Sanjar Tursunovning sovrinlar kollekciyasida faqatgina kumush va bronza medallari o'rin olgan. Etishmayotgan yagona narsa bu - O'zbekiston chempionligi. 2013 yil bir davra "Lokomotiv", 2019 yil bir davra "Bunyodkor"da to'p tepdi. Qahramonimiz ko'proq legioner sifatida va terma jamoadagi o'yinlari bilan tanilgan, deya olamiz. Faoliyatini katta qismini ham xorijda o'tkazdi. Hali Butsalarini mixga ilishga shoshilmayotgan Tursunov balki "konchilar" bilan chempionlikni qo'lga kiritib chiroyli yakun yasar. 

Mavsumlari: 2013, 2019, 2020, 2021, 2022, 2023...

Statistikasi: 90ta o'yin, 10ta gol

Otabek SHukurov - Otabek SHukurovning faoliyati ham SHomurodovnikiga o'xshash. 2014 yil "Mashal" safida katta futbolda debyut qilgan yarim himoyachi 2015 yil do'sti bilan birga "Bunyodkor" safiga ko'chib o'tadi. O'sha yili u "qaldirg'ochlar" safida muqim o'rin topib keta olmagan, ikkinchi davrani "Buxoro"da ijarada o'tkazgandi. 2016 yildan boshlab SHukurov Lushchanning muhim figurasiga aylandi, Qosimov bilan ishlagan qisqa davrda ham o'rnini yo'qotib qo'ygani yo'q. O'zbekistonda 4 yil ichida faqat kumush medallarini qo'lga kiritdi. 2018 yil yo'llarini "SHarja" bilan bog'ladi va 2018/2019 yilgi mavsumda BAA chempioni bo'ldi. 

Mavsumlari: 2014, 2015, 2016, 2017

Statistikasi: 73ta o'yin, 7ta gol

Rustam Ashurmatov - Ashurmatovlarning davomchisi hisoblangan Rustam "Bunyodkor"dagi ishonchli o'yinlari orqali muxlislar nazariga tushdi. 4 mavsum davomida poytaxt klubida to'p tepdi, 2016 yil ilk bor klub miqyosida kumush medal sohibiga aylandi. Oradan 5 yil o'tib bu safar "Navbahor" bilan bu natija takrorlandi. CHempionlikka esa bor yo'g'i 1 ochko etmay qoldi, xolos. Bu yil "Rubin"ga ko'chib o'tgan Ashurmatov FNL chempioni sifatida RPLga qaytishiga hissa qo'shganini ayta olamiz. 

Mavsumlari: 2015,2016,2017,2018,2022

Statistikasi: 116 o'yin 7 gol 

Erkin Baydullaev - Samarqand futbol maktabi tarbiyalanuvchisi faoliyati davomida "Dinamo", "Guliston", "So'g'diyona", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Nasaf", "Qizilqum" va OKMK klublari sharafini himoya qilgan. Ammo ularning hech biri bilan mavsumni chempion sifatida yakunlay olmaganligini aytishimiz mumkin. Yarim himoyachi 2007 yil "Bunyodkor"da qolib chempionlik va yulduzlar bilan to'p tepishdan ko'ra, "Lokomotiv"ga yo'l olishni afzal ko'rgan. 

Statistikasi: 435ta o'yin, 27ta gol 

Vagiz Galiulin - Andijonlik Vagiz Galiulinni ham bugungi avlod o'zbek klublarida o'ynaganini bilmasa kerak. 2006 yil "Rubin"ga o'tganida u 21 yoshda edi. Bungacha "Andijon", "Buxoro" jamoalarida kam o'yin o'tkazgan, umumiy hisobda 4ta. Legioner sifatida 2008 yil Qurbon Berdiev boshchilik qilgan qozonliklar bilan Rossiya chempionligini tantana qilgan. Vagiz yurtimizda chempionlik uchun kurashadigan jamoalarda to'p tepmagani ham uning bu sovrinni olishiga to'sqinlik qilgan bo'lishi ham mumkindir. 

Mavsumlari: 2002,2003, 2004,2005

Statistikasi: 4ta o'yin

Aziz G'aniev - Yaqindagina "SHabab Al-Ahli" safida BAA chempioniga aylangan Aziz G'anievni ro'yxatimizga qo'shishimiz mumkin. U faoliyatida birinchi marotaba oltin medallarni taqdi, ammo legionerga aylanganidan so'ng bu amalga oshdi. "Nasaf" bilan kumush, bronza medallarini o'ziniki qilgan, biroq chempionlikni nishonlash orzuligicha qolib ketdi. Aziz hozir o'ynaydigan davrda, balki faoliyatini tugatish arafasida ortga qaytib chempionlik uchun kurashayotgan jamoa safiga kelib qo'shilar. Buni esa vaqt ko'rsatadi. 

Mavsumlari: 2015,2016,2017,2018,2019 

Statistikasi: 92ta o'yin, 7ta gol

Vitaliy Denisov - Denisov Galiulin singari juda erta xorijga ketgan. "Paxtakor" tarbiyalanuvchisining O'zbekistondagi ilk jamoasi 2022 yil ikkinchi davrasida "So'g'diyona" bo'ldi. Buni kim ham o'ylabdi dersiz. Vitaliy "Lokomotiv" bilan Rossiya chempioni, CSKA bilan Evropa Ligasida g'olib chiqqan. Otasi Genaddiy Denisov O'zbekistonda 1996 yil "Navbahor" bilan chempionlik shohsupasiga ko'tarilganidan xabardormiz. Hozircha o'g'li bu vazifani o'zimizda uddalaganicha yo'q. 

Mavsumlari: 2022, 2023...

Statistikasi: 12ta o'yin

O'tkir Yusupov - "Navbahor" va O'zbekiston terma jamoasining so'nggi yillardagi birinchi raqamli posboni chempionlikka juda yaqin kelyapti. Unda joriy mavsumda bu mavzuga nuqta qo'yish imkoniyati yaxshigina bor. O'tkir Yusupov "Mashal", "Nasaf", "Qo'qon-1912", "Neftchi"da buning iloji topilmagandi. Hozirgi jamoasining darajasi, jamoadoshlari, natijalari chempionlikka mos. 

Mavsumlari: 2012 - 2023...

Statistikasi: 192ta o'yin, 64ta quruq uchrashuv, 180ta o'tkazib yuborilgan gol

Zafar Xolmurodov - Keling endi biroz tarixga yuzlanamiz. Qashqadaryo va o'zbek futbolining top hujumchisi, bosh bilan gollarni raqib darvozasiga tahlagan Zafar Xolmurodov chempionlik orzusida Butsalarini mixga ilgan. Eng yorqin onlarini shubhasiz "Nasaf" va "Mashal"da o'tkazgan, deya olamiz. O'zbekiston chempionati to'purarlari ro'yxatida Anvar Berdievdan so'ng 200ta gol bilan ikkinchi o'rinni band etib turibdi. Hozirda uning o'g'li Aziz Xolmurodov "ajdarlar" azosi hisoblanadi. Balki kelajakda otasi erishmagan yutuqlarga Aziz harakat qilib ko'rar. Buning uchun unda hali fursat etarlicha. Zafar Xolmurodov bilan bir qatorda Ro'ziqul Berdievni ham keltirsak bo'ladi. Futbolchi sifatida "Nasaf" bilan chempion bo'lmagan Berdiev endilikda murabbiy sifatida mana bir necha yillardan beri "ajdarlar"ni oltin medallar sari boshlashga harakat qilmoqda. 

To'p tepgan jamoalari: "Hisor", "Mashal", "Nasaf", "Dinamo", "Xorazm", OKMK

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика